Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga bordik.

Suhbat avvalida, Davlatimiz rahbarining har bir bolaga, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolajonlarga bo’lgan alohida e’tiborini va mehrini yetkazdik.

Uchrashuv davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari bizda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

🏆“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

📝Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAT

⚡️Bugun, Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida navbatdagi xalqaro SAT imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

🗺Ayni damda Toshkent, Jizzax, Andijon, Termiz, Farg'ona, Buxoro va Guliston shaharlaridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM