Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.1K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Direktorlar_Angliyada
#birinchi_kun

🗺“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📝Unda:
Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi;
samarali boshqaruv uchun direktor va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so‘z bordi.

Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda bu borada o‘qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🗣Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o‘z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#ota_onalar_bogʻi

🌱MAKTABIMIZNI YASHIL MAKONGA AYLANTIRAMIZ

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida "Ota-onalar klubi" yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur klub tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab hovlisida "Ota-onalar bogʻi" yaratildi.

🌲Ota-onalar maktab hovlisiga farzandlari bilan birgalikda turli xil manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda

🗺Xabar berganimizdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida boʻlib turibdi.

Sirdaryolik oʻquvchilar Ogahiy uy-muzeyi va shoir yashab ijod etgan xonadon bilan tanishgan jarayonidan lavha.

🎞 Ushbu video Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" toʻgaragi aʼzosi maktabning 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Otaboyeva tomonidan tayyorlangan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ XUSHXABAR

🔭2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari hamda 1 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritdi.

⚡️Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning olti nafar iqtidorli oʻquvchilari 2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida (OWAO 2023) ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga joʻnab ketgan edi.

📆 14-21-noyabr kunlari Sochida o‘tkazilgan mazkur olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimiz bilan tanishing:
Abdulloh Abdurashidov🥈 KUMUSH;
Abdulloh Mamaniyozov🥉BRONZA;
Ozodbek Ravshanov🥉BRONZA;
Nurbek Rayimov🥉BRONZA;
Muhammadamin Qurbonov 🔖 FAXRIY YORLIQ.

🌐Quyidagi havola orqali olimpiadaning yopilish marosimini ko‘rishingiz mumkin:
📹 https://www.youtube.com/watch?v=kwnPV4QNlvU

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM