Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilinmoqda

Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L'atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv treningi boshlandi.

📌 Trening mashg‘ulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq frunsuz tili o‘qituvchilari bo‘lib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni o‘quv jarayonlarida qo‘llay olishning muhim jihatlari o‘rgatilmoqda.

✔️ Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili o‘qituvchilari 150 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Budjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyatining huquqiy asoslari;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilmoqda

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university

⚡️ Agentligimiz tizimidagiYangi O‘zbekiston” universiteti diplomi Germaniyada tan olindi

❗️“Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniyaning Anabin tashkiloti tominidan Germaniyada tan olinganlik sertifikatiga va eng yuqori H+ reytingiga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra universitetdagi ta'lim tizimi Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, talabalar o‘qishni ko‘chirishi, qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etish, tadqiqotlar o‘tkazish va turli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoni yaratildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM