Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab
🇺🇿📝21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

O'zbek tili - juda boy va chiroyli til. Bu tilda ifoda etib bo'lmaydigan fikr, g'oyaning o'zi yo'q. Bugun, 21-oktabr o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31-yilligi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi nomidan barcha yurtdoshlarimizni ushbu kun bilan tabriklaymiz!
___________________
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi insho mualliflari” ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

—————————————

Определены победители конкурса «Автор лучшего сочинения», который прошел в школах Агентства по развитию Президентских, творческих и специализированных школ при Кабинете Министров Республики Узбекистан (PIIMA). Конкурс был посвящен ко Дню присвоения узбекскому языку статуса государственного языка.

—————————————
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
Website | Facebook | Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Til_bayrami_oldidan

Bugun, 20-oktabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahrida joylashgan Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
_____________

2021-jıl 20-oktyabr sánesinde I.Yusupov atındaģı dóretiwshilik mektebinde 21-oktyabr - Ózbek tili bayrami múnásibeti menen "Qádiriń bálent bolsın, ana tilim" uranı astında joqarı kóterińki ruxta saltanatlı bayram keshesi bolıp ótti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
#_21_oktabr

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan “TIL-MILLAT KO'ZGUSI!” shiori ostida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimiz ishtirokida savol-javob shaklida so'rovnoma tashkil etildi.

🎤 So'rovnomada ushbu tarixiy sananing ahamiyati haqida, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan hurmat, davlat tilida ish yuritishda mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha savollar berildi.

Shuningdek, har bir qatnashuvchi davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida va tilimizning asosiy imlo qoidalariga amal qilgan holda ish yuritishga chorlandi.

📌 Davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim!

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_mangu_barhayot
#til_va_millat_maqomi

DAVLATIMSAN ONA TILIM!

🔰Guliston shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yillik shodiyonasi munosabati bilan ‘‘Ona tilim-mangu barhayot‘‘ shiori ostida challenge e'lon qilindi.

Ushbu challengeda maktabning pedagog-o‘qituvchilari ham faol qatnashib, O'zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Til va millat maqomi" she'rini faxr va iftixor bilan yoddan aytishdi.


Guliston shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati

Bizning sahifalarimiz 👇👇

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тилим_байраминг_муборак

21-oktabr - O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
__
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Xurshid Davron

#Bayram_muborak #Ўзбек_тили_байрами

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Махмуда Юлдашева)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбек_тили_байрами
#Ona_tilim_iftixorim
         
21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasining  tabrigi

❗️1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Ona tili - bu millatning ruhidir....

♻️Prezident ta'lim muassasalari Navoiy viloyati hududiy bo'limi jamoasi barchani 21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni bilan tabriklaydi.

📌Til- davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi tarixidir.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab direktorlari ona tilimizga bo'lgan hurmat va mehr-muhabbatlarini o'zbek tilida she'r o'qish orqali ifoda etdilar.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

https://👉t.iss.one/Navoiy_PTMA
Forwarded from Nókis Prezident mektebi
🇺🇿 Bugun Nukus shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Unda o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Ayniqsa, G'ofur G'ulomning “Shum bola” asari asosida teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

🏆Shuningdek, tadbir davomida bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan "Ona tili - millat ruhi" shiori ostidagi ommaviy diktant, insholar va esse yozish tanlovlarining g'oliblari faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

👉
Instagram | Facebook | Telegram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#_21_oktabr

👍"Zabon tanlamas o'zbek tilim"

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining xorijlik ustozlari o‘z ona tillariga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini o‘zbek tilida madh etishdi.Turli qit’a va mintaqa vakillari bo‘lishiga qaramasdan  bebaho boyligimiz — ona tilimizni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini namoyon etishdi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_natijasi
#Ijod_maktablari

“QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM” TANLOVI NATIJALARI E'LON QILINDI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

❗️Mazkur tanlovda umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’rtasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari g’olib bo’lishdi.

🥇
1- o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Yusupova Shodiya sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

🥈2- o‘rinni egallagan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Visola Tursunova sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

🥉3- o‘rinni egallagan Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

⚡️Rag’batlantiruvchi o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

💐 Gʻoliblarni tabriklaymiz!

G‘oliblarni taqdirlash marosimi oktabr oyi oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, sovrindorlardan quyidagi 👉@moturidiyuz_bot👈 telegram manziliga murojaat qilishlari so‘raladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

⚡️ Xiva shahridagi Prezident maktabi o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr "O'zbek tili" bayrami kuni munosabati bilan #ona_tilim_faxrim chellenji uchun videorolik tayyorladi.

✔️ O'quvchilarimiz Shaxrizoda va Murodbek atoqli shoir Muhammad Yusufning "Ona tilim" she'rini ifodali o'qishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bu yil ushbu bayram “O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida o’tkaziladi.

Tilimiz o’zining boyligi va rang-barangligi bilan tarix zarvaraqlaridan o’rin olgan. Shu munosabat bilan Turkiyaning Konya shahridagi Najmiddin Erbaqon universiteti professori Kamol O’zjan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamosiga o’zbek tilida bayram tabrigini yo’lladi!

✔️Olim ona tilning inson hayotidagi ahamiyatini gapirib, o’zbek tili haqidagi she’r bilan tabrigini yakunlaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qiziqarli_faktlar

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi 21-oktabr "O'zbek tili" bayrami kuni munosabati bilan tilimiz haqidagi qiziqarli faktlar asosida videorolik tayyorladi.

O‘zbek tili haqida qiziqarli faktlar:

O'zbek tili turkiy tillarning uch tarmog'i - qarluq, qipchoq va o'g'iz lahjalarini birlashtirgan;
Dunyo bo'ylab 70 ga yaqin universitetda o'zbek tili va adabiyoti o'qitiladi;
Hozirda biz gaplashayotgan o'zbek tili XX asrda shakllana boshlangan;
Butun rivojlanish tarixi davomida o’zbek tilida uch xil yozuv mavjud edi;
Hozirgi o'zbek tilida jami 29 ta harflar bor;
So'zlashuvchilar ko'pligi bo'yicha qardosh tillar orasida 2-o'rinda turadi;
Bu til jahonning eng yirik 50 tilidan biri hisoblanadi;
O'zbek tilida 50 millionga yaqin kishi so'zlashadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️Senatda “Ona tilim – faxrim” nomli adabiy kecha o'tkazildi


🗓 Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari ishtirokida bo'ldi.

📌 Maktabimiz o'quvchilari dastlab senatorlar bilan samimiy va ochiq muloqot o'tkazishib, so'ngra bayramona dasturni taqdim etishdi.

🔰 Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova ochib berdi.

📚 So'ngra maktab direktori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, matnshunos olima Hilola Nazirova o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, tarjimonchilik masalalari, tilimizga e’tibor mavzularida ma’ruza qildi.

🎼 Tadbir so'ngida kuylangan “Go'zal, Turkiston” qo'shig'i barchaning dilida g'urur, ona tiliga bo'lgan muhabbatning ramziy ko'rinishi bo'ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ona_tilim_faxrim
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan "O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Ózbek_tilim_maqtanıshım

⚡️Ibroyım Yusupov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan "O'zbek tili – milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan she'r, kuy-qo'shiq va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#prezident_maktabi

⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, o‘quvchilar tomonidan ona tilimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🟢 Shuningdek, Termiz shahridagi 21-son baxshichilik maktabi negizidagi baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatining an’anaviy ijrochilik bo‘limi xodimlari o‘zlarining chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari tomonidan “Tilimizning jilosi-ma’naviyatimizning yetukligida” shiori ostida video lavha tayyorlandi.

🟢 Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylandi.

Barchangizni 21-oktabr – “O‘zbek tili” bayrami kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

✔️ Ma'lumot uchun, joriy yilda Navoiy viloyatidagi yangi va zamonaviy tarzdagi Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosi foydalanishga topshirilgan edi. Barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Oliy Majlis Senatida "Ona tilim – faxrim" mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi
#22oct #uzbekiston24

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Bayram 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va oʻquvchilari ishtirokida boʻldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube