Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.2K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#faoliyat

⚡️Agentligimiz tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quv jarayonlaridan so‘ng turli to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

🟢O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish ularning bilim samaradorliklarini oshishiga , dunyoqarashlari kengayishiga, kelajak uchun aniq maqsad qo‘yishlarida muhim omil hisoblanadi.

✔️ Bugungi kunda maktabda 26 ta fan, 6 ta sport va ijodiy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. "O‘zbegim o‘g‘lonlari" nomli harbiy to‘garak a'zolari "Yosh gvardiyachilar", "Chegarachilar" kabi harbiy-sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Shuningdek, "Ijod gulshani" nomli to‘garak a'zolarining ijod namunalari "Yoniq yuraklar" to‘plamiga kiritildi. Qizlar uchun "Sirli qo'llar" to‘garagi, yigitlar uchun esa "41 hunar" nomli to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, unda yigitlarga charxchilik va sartaroshlik kasblari o‘rgatiladi.

➡️ Hozirgi kunda maktabda 327 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. O‘tgan o‘quv yili natijasiga ko‘ra, 21 nafar bitiruvchilarning barchasi maktabni tamomlab talabalikka tavsiya etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik

⚡️ AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH BORASIDA TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA

🟢 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamda Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida qator tadbirlar bo'lib o'tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_birinchi_bosqich

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi ehtiyoj mavjud boʻlgan fan oʻqituvchilarini saralab olish maqsadida oʻqituvchilar tanlovining birinchi bosqichi (saralash) joriy yilning 13-22-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

📆 Tanlovning 1-bosqichida hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 13-oktabr kuni soat 09:00dan boshlab 22-oktabr kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

❗️Eslatma, hujjatlar job.piima.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 71 207 20 17 (ichki raqam 609, 611, 606).

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Zarnigor Yusupova IELTS imtihonidan 8 ball natijani qo‘lga kiritdi.

📍Xiva shahridagi Prezident maktabi

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Zamon | Olim va o'quvchilar uchrashuvi
#sevimli_tv

⚡️Agentligimiz tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolari bilan “Ikki avlod uchrashuvi" o'tkazildi.

Olimlar:
Nodirbek Yusufbekov – "Kimyo texnologiyasi, analitik va ilmiy asbobsozlik hamda kimyoviy texnologiya jarayonlari va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish" yirik ilmiy maktabining asoschisi, akademik, texnika fanlari doktori, professor.

Xusan Igamberdiyev "Muntazam identifikatsiyalash va adaptiv boshqarish" ilmiy maktabining asoschisi, zamonaviy avtomatik boshqarish nazariyasi hamda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish sohasidagi yirik olim, Xalqaro muhandislar akademiyasining haqiqiy a’zosi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, akademik, texnika fanlari doktori, professor.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hukumat soati”: ta’lim sifatini oshirish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasidagi ishlar holati qanday?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim dasturlarini takomillashtirish borasidagi vazifalardan kelib chiqib, sohadagi boshqaruv tizimini tashkil etishga qaratilgan qonunchilikning bajarilishi holati to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar.

Prezident maktablari tajribasi asosida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun 3 bosqichli kaskad usulida seminar-treninglar tashkil etilib, hozirgi kunga qadar 16 021 nafar matematika fani, 17 477 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari o‘qitilgan. Yil yakuniga qadar esa barcha o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi.

BATAFSIL

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi  Farg'ona shahridagi Prezident maktabi oliy toifali geografiya fani o'qituvchisi , 21 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog , "Xalq ta'limi a'lochisi"- Dilfuza Izbaevaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:                                                                                                                       
"Ustoz-2020" milliy mukofoti tanlovida ishtirok etib, “Ta'limda innovatsion g‘oyalar” nominatsiyasi bo'yicha taqdirlangan;
Ta'lim muassasalarida ekologik madaniyat va tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Yashil makon” metodik qo‘llanmasi muallifi;
Pedagogik mahorat va Xalqaro baholash markazi tomonidan “Zamonaviy trener dasturi” doirasida o‘tkazilgan pedagogik mahorat mashg‘ulotlarida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
  Xalqaro iqtisod olimpiadasi Respublika bosqichida o‘quvchisi Jaloliddin Abdumo‘minov faxrli 3-o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi;
“Barqaror rivojlanish uchun ta'lim  sohasidagi ilg‘or tajribalar” mavzusidagi tanlovda faol ishtirok etdi va YUNESKO tashakkurnomasi bilan taqdirlandi;
 10 dan  ziyod  turli mavzulardagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;
Mahalliy va mintaqaviy seminar va konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda;                   
O'quvchilari bilan birgalikda “Zamin” eco-education loyihasi doirasida "Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta'lim fondi (FEE) bilan hamkorlikda Eco-schools dasturida ishtirok etmoqda;
Farzandi Bexruz Izbaev “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” mukofoti bilan taqdirlangan hamda "El-yurt umidi" fondining 2023-yilgi tanlovi g'olibi;
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o'qituvchisi Hamza Xudoyorov "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

📍Guliston shahridagi Prezident maktabi

💫 O‘qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident maktablari: iste’dodli yoshlarning sevimli maskani
#13oct #uzbekiston24

📍 Namangan shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube