Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilari diqqatiga!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetda CPU tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!

⚡️ Endilikda siz mazkur tayyorlov kurslarida o‘qib, TOEFL hamda SAT sertifikatlariga ega bo‘lishingiz mumkin.

👨‍🏫 Kurslar yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

👉 Kurs hamda qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://newuu.uz/uz/pre-university#apply

📄 Ushbu sertifikatlarga ega abituriyentlar yurtimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyozlarga ega bo'lishadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SAT
#prezident_maktablari

⚡️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Turli viloyatlardan hamda qo‘shni respublikalardan xalqaro SAT imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 57 nafar talabgor imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi va ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

➡️SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 28-avgust – 4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Vengriyaning Seged shahriga jo‘nab ketdi.

📝Terma jamoa tarkibi:

Dilyorbek Valijonov – Andijon shaharidagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev – Toshkent shahridagi Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Asilbek Sunnatov –Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
Otabek Jo‘rabekov – Toshkent shahridagi Profi School maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Xalqaro olimpiada zaxiralari markazi murabbiysi, to‘garak rahbari Mohira Boltayeva bugunning zamonaviy o’qituvchisi, u o’z ustida tinimsiz izlanadi. Uning erishgan muvaffaqiyat va natijalari haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Kimyo fanidan o'tkazilgan 53-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini;
Parij shahrida kimyo fanidan o'tkazilgan 51-Jahon olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalini;
Respublika tibbiyot talabalari onlayn olimpiadasida kimyo fanidan 1-o‘rinni;
Xalqaro “Samarqand-2020” tibbiyot talabalari olimpiadasida kimyo fanidan 2-o‘rinni egallagan.
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

🗣Shu kunga qadar bir necha o‘quvchilari Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishiga erishdi. Jumladan:

Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida o‘quvchilari 2 ta bronza medalini;
Kimyo fanidan 55 va 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida – bitta oltin, beshta kumush va uchta bronza medalini;
54-Xalqaro kimyo olimpiadasida – 3ta kumush medalini;
Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini;
Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan 1-Abu Rayhon Beruniy Xalqaro Kimyo olimpiadasida 3 ta oltin medallarni, 3 ta kumush medalini;
Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribamizda bo‘lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.

“Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo‘ldi.

Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me’mori, muhandisi bo‘lgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Chunki o‘qituvchiga e’tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor, degani. O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, ta’lim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi.

Shu sababli, muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratayapmiz”,
- dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘tgan davrda muallimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 baravar oshdi.

Jumladan, chet tili, IT, matematika, kimyo, biologiya bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikati bor o‘qituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida to‘lov joriy etildi.

Natijada 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshdi. Yana 2 mingga yaqin o‘qituvchilarga vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti.

Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.

Joriy yilda Toshkentdagi 81-maktab va Al-Xorazmiy ixtisoslashgan maktabi Xalqaro ekomaktab dasturining oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bunday yutuqqa Markaziy Osiyoda ilk bor bizning maktablarimiz erishdi.

Yuqori malakali, o‘z ustida ishlaydigan muallimlarni yangi yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi.

"Ko‘p yoshlarimiz qiziqishi va qobiliyatiga mos kasb-hunar egallashni afzal ko‘rayotgani ham davr talabi. Shu bois bolalarimizga maktabdayoq kamida ikkita chet tili, kompyuter va kasb-hunarni o‘rgatsak, qo‘lida hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi”, - dedi Prezident.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlatimiz rahbari sohada mavjud muammolarni tahlil qildi.

Jumladan, hozirda boshlang‘ich sinflarda 11 ta, yuqori sinflarda 16 ta fan o‘tilayotgani bilan o‘quvchilar aniq bir yo‘nalishda chuqur bilimga ega bo‘lmay maktabni bitirayotgani qayd etildi.

Masalan, 107 ta tumandan talaba bo‘lganlar oliygohga kirish imtihonlarida matematika bo‘yicha maksimal ballning yarmini ham yig‘a olmagan. Fizika, kimyo va biologiya bo‘yicha ham birorta tuman va shaharda maqtagulik natija yo‘q.

O‘tgan yili 220 ming muallimdan 86 ming nafari yoki 37 foizining bilim va ko‘nikmasi “qoniqarsiz” baholangan. Ayniqsa, hozirda talab yuqori bo‘lgan informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo fani o‘qituvchilarining bilimi “qoniqarsiz” ekanligi aniqlangan.

Yoki, 51 ming nafar chet tili o‘qituvchilaridan atigi 17 ming nafari (33 foizi) “C-1” darajasiga ega. Vaholanki, 2025 yildan boshlab chet tilidan faqat “C-1” darajasi bor o‘qituvchilar dars o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi.

Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o‘zida 350 ming yangi o‘quvchi o‘rinlariga talab bor.

So‘nggi yillarda 70 ming o‘rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018 yilgacha jami 30 ta bo‘lgan).

Toshkent shahri va Farg‘onada xususiy maktablar salmog‘i qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qo‘shimcha 150 ming o‘quv o‘rniga ehtiyoji bo‘lgan Samarqandda bor-yo‘g‘i 6 ming 300 o‘rinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.

Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risida bosh qotirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, maktablarni ta’mirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard so‘m ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag‘ bermagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bu yil 387 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliygohlarga o‘qishga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta’lim bilan qamrab olinadi.

Qolgan 195 ming nafar yoshlar qayerga borishi, ular ertaga ish topa olmasa, kim bo‘lishi haqidagi savollarga na viloyat va tuman hokimlari, na soha mutasaddilarida javob yo‘qligi ta’kidlandi.

Oqdaryodagi 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maktabda o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori bo‘lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o‘rgatilmoqda, ularga 2 ta chet tili o‘qitilmoqda.

Eng muhimi, bu ishlar mahalliy byudjet va tadbirkorlar hisobidan tashkil qilingan bo‘lib, o‘quvchilar bu yerda ish haqi olmoqda.

Barcha viloyatlar maktab ta’limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryoga borib, bir hafta davomida ushbu tajribani o‘rganishi shartligi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati hokimiga keyingi o‘quv yiliga qadar viloyatdagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizimni joriy qilish, qolgan viloyat hokimlariga yil yakunigacha har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda ushbu tajribani yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlatimiz rahbari ko‘tarilgan muammolarning yechimlari va yangi tashabbuslarni bayon qildi.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga “tayanch maktab” bo‘ladi.

Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi belgilandi.

Bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelindi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube