Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43K subscribers
19.9K photos
2.54K videos
72 files
7.3K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ustozlar_forumi

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning birinchi kuni boʻlib oʻtdi.

Unda 24 nafar pedagog xodimlar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida Agentligimiz tizimidagi maktablarning oʻqituvchilari ham bor.

📝Ular:

Mamarasulova Hilola Toʻychiyevna – Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
Otaxonova Mashxuraxon Ikromjonovna – Andijon viloyati Andijon shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo fani oʻqituvchisi;
Nazarov Vohidjon Shakarboyevich – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani oʻqituvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, mazkur forumda Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Prezident_maktablari
#arxiv

Fakt 24 | Prezident maktablari: Zamonaviy metodik va katta imkoniyatlar
#uzbekiston24

📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

❗️“Diffusion Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi

📆 Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida fizika, matematika va muhandislik sohalarida dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida 10-Xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🗺 Konferensiya Germaniya, AQSH va Polsha kabi davlatlarda 2005-yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda birinchi marta Oʻzbekistonda o‘tkazilmoqda.

🫥 Ushbu konferensiyada barcha ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://dfx.newuu.uz/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

✔️Ona tili va adabiyot
✔️Tarix
✔️Matematika
✔️Tasviriy san'at va chizmachilik
✔️Texnologiya (Robototexnika)

❗️Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasi va chet tili bilish darajasiga ega bo‘lishlari shart.

Texnologiya (robototexnika) fanini o‘qitish uchun nomzod robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, Texnologiya yoki Informatika va axborot fani o‘qituvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

📌 Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin: 

🗺Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy
📞 +998-99-429-59-18

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📈IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

📆 Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

🏛 Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💯Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

🪪 Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

💫 Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

🏅Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo'ldi.

📊 Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Og‘abek Nazarov, Abdulaziz Qobiljonov, Shohrux Odilov I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli universitetda bitiruvchilar "Xalqaro talaba" sifatida haftasiga 20 soat ishlash imkoniyati, koplab stipendiya programmalari hamda xalqaro "Work And Travel" va "ERASMUS+" dasturlarida qatnashishlari mumkin.

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#prezident_maktabi
#arxiv

Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

  ✔️ Science fani o‘qituvchisi
  ✔️ Biznes fani o‘qituvchisi
  ✔️ Iqtisodiyot asoslari fani o‘qituvchisi
  ✔️ Geografiya fani o‘qituvchisi
 
Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu manzilga jo‘nating: @ps_nukus_bot

📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+ 99 861 224 90 23
Ichki raqam: 115

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Andijon_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ANDIJON VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab - internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Andijon viloyatida 14 ta obyekt shundan, 1 ta Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 12 ta Xonobod shahrida va Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Izboskan. Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda jami loyihaviy quvvati 6888 o‘rinni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust holatida 4 ta (Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati) foydalanishga topshirilib, 10 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#100_foizlik_grant

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining bitiruvchilari Muxriddin Qurbaniyazov hamda Raxmetulla Barliqbayevlar Xalqaro oliygohlarda 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Muxriddin Qurbaniyazov – Halla universiteti (Janubiy Koreya)

Raxmetulla Barliqbayev – Ural davlat konchilik universiteti (Rossiya)

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#arxiv

Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Namangan shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

📝Ular:

Diyorbek Shokirov – IELTS 7
Yusufboy Komiljonov – IELTS 7
Asadbek Fayzullayev – IELTS 6.5
Yo'ldoshev  Nodirbek IELTS 6.5
Sevinchoy Yoʻldosheva  – IELTS 6
Dilnoza Xudoyorova – IELTS 6
Zuhra Otabekova – IELTS 6
Dilnura Xudaynazarova – IELTS 5.5

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Dunyoning top universitetlaridan 2,4 million dollarlik grant yutgan Prezident maktabi o‘quvchisi
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube