Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#soʼnggi_qoʼngʼiroq

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o’tkazildi.

🔹 Tadbirda o'quv yilida yuqori natijalarga erishgan, olimpiada hamda tanlovlarda g'olib bo'lgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

So'zga chiqqanlar yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Yaxshi rahbar — bu faqat o‘zining fikri va so‘zlariga bo‘ysunadigan jamoani boshqaradigan inson emas, bu atrofiga hamfikr insonlarni yig‘ib, sohasini rivojlantira oladigan insondir.

Shu bois hududlarda ma’muriy islohotlar doirasida birlashtirilgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma rahbarlariga “Ta’limda boshqaruv” mavzusida trening tashkil qilish fikri tug‘ildi.

Ikki kunlik treningda hudud rahbarlari bilan ko‘rishib, har bir viloyat kesimida olib borilayotgan islohotlar, yuzaga kelayotgan muammolar, yangi tashabbuslar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rib chiqishni maqsad qildik.

O‘tgan besh oy davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga birlashtirilgan tashkilotlar — Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Xorijiy tillar agentliklari, Ta’limni nazorat qilish inspeksiyalari faoliyatini to‘liq o‘rganish imkoni berildi. Endi esa har birimizni oldimizda eng asosiy masala – ta’lim tizimini rivojlantirib, o‘quvchilarni yetuk salohiyatli etib tarbiyalashdan iborat. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli va shaffof tarzda bajarishimiz, farzandlarimizni sifatli ta’lim bilan ta’minlashimiz lozim.

Ikki kunlik trening davomida hudud rahbarlariga o‘z ustilarida ishlashlari uchun imkoniyat beriladi. O‘zim ham shu ikki kun davomida har bir rahbar bilan muammolarni tahlil qilib, rejalarni tuzib olamiz.

Treningdan eng avvalo, nima xohlayapmiz? Endi qaysi yo‘ldan ketamiz? Buning uchun oldimizda qanday vazifalar turibdi?

Ikki kun davomida mana shu savollar bo‘yicha birgalikda ishlaymiz. Ularga javoblar topib, vazifalar belgilab olishimiz lozim. Biz yangi bosqich “Ta’limda boshqaruv”ning yangicha va zamonaviy tizimiga o‘tishimiz zarur.

Xulosamiz shuki, har bir rahbar o‘zidan boshlamasa, biz ta’limda o‘zgarish qila olmaymiz.
#soʼnggi_qoʼngʼiroq

⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "So’nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo'lib o'tdi

🔹 Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi hamda fahriy o'qituvchilarni “Xalq ta'limi fidoyisi", "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.

▶️ Shuningdek, olimpiada, tanlovlar g’oliblari hamda a'lochi o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube