Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
“Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi qizg‘in davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek,
bugun Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi boshlandi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarma vakillari, mamlakatimizdagi mavjud “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari” direktorlari, “Yoshlik” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati rahbarlari ishtirok etdi.

⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova forum davomida mutaxassislar tomonidan bildirilgan tegishli masalalarni hal etish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirib o‘tdi.


❗️ Shu bilan birga maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishda xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida mas’ul xodimlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish bo‘yicha aniq vazifalar ilgari surildi.

Shuningdek, kelgusida “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining navbatdan tashqari Qurultoyini o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✔️ Forum tadbirlari ertaga — 20-may kuni davom etadi.


Kun yakunida Forum tadbirlarida eng faol qatnashgan ishtirokchilar vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1061

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Guliston

🔴 Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi davom etmoqda

✔️Forumning ikkinchi kuni avvalida "Boshqaruv psixologiyasida rahbarlik va liderlik jihatlari" mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish bilan birga interaktiv o'yinlarda ham faol ishtirok etishdi.

📍Shuningdek, kun davomida forum ishtirokchilari uchun viloyatda yangidan qurilgan "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan tanishish rejalashtirilgan.

📌 Ma'lumot o'rnida, mazkur seminar-treninglarda jami 300 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#adabiy_anjuman

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ijod maktabining tashkil etilganligiga 5 yil to’lishi munosabati bilan “Buyuk elga endi daholar kerak” mavzusida adabiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida poytaxtimizdan tashrif buyurgan anjuman ishtirokchilari tantanali kutib olindi va Erkin Vohidov haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

📌 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Marg‘ilon shahar hokimligi, Erkin Vohidov oila a’zolari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi xodimlari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

✔️ “Buyuk elga endi daholar kerak” shiori ostida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, turli tillardagi she’r, bolalar adabiyotidagi ijod namunalar va qoʻshiqlar hamda shoir asari asosida sahnalashtirilgan “Jaholat” spektakli yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida ijodiy kecha tashkillashtirildi va o’quvchilar ustoz ijodkorlarning she’rlaridan tinglab, ulardan maslahatlar olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM