Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.1K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazilib, urush faxriylari holidan xabar olindi.

🔰 Shuningdek, "Xotira — ulug' qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham o'tkazildi.

📸 Hududlarda bo'lib o'tgan ushbu tadbirlardan foto va video lavhalar taqdim qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi tashkilotlar jamoasi Gʻalaba bog‘ida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘yishdi.

📍 Shuningdek, tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, ular ham majmua poyiga gullar qo‘yishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Yangi rekord: Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘quvchilarimiz 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Ijod maktabi – iqtidorli yoshlar uchun ziyo maskani
#9may #uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Open_doors
#School_Mirzo_Uluģbek

‼️Hurmatli ota-onalar va aziz o'quvchilar‼️

📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi sizlarni 2023-yil 12-may soat 15.00da bo'lib o'tadigan "ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

🔵 "Ochiq eshiklar" kunida ota-onalar uchun:
Maktab haqida to'liq ma'lumot olish.;
Psixologik treninglar;
Maktab bo'ylab sayohat.

🔵 O'quvchilar uchun Qiziqarli galaktikalar:
Robototexnika + IT
Mo'jizalar maydoni
Sport
Tojmat
Kahoot
Fizika
Matematika
Ingliz tili
Yupiter quiz
STEM

🔷Ochiq eshiklar kuni ham Ota-onalar uchun,  ham o'quvchilar uchun unitilmas bo'lishini maktab ma'muriyati kafolatlaydi.

Ro'yhatdan o'tish va Ma'lumot uchun
ushbu havolaga bosing👇

https://t.iss.one/mirzoulugbekr_bot

📌 Qatnashuvchilar soni chegaralangan.

📎 Eslatib o'tamiz, ro'yhatdan o'tish 11.05.2023-yil soat 20.00 gacha

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining "PIMSO Science-2022" Xalqaro olimpiadasida qoʻlga kiritgan medal va sertifikatlari Oʻzbekistonga yetib keldi.

🔴PIMSO — Philippine International Math and Science Olympics doʻstona global musobaqalar orqali matematika va Science fanlari boʻyicha oʻquvchilar bilimi va malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan olimpiada hisoblanadi.

Olimpiada ishtirokchilari:
🥇 Kumushbegim Hamidova;
🥇 Farohiddin Otajonov;
🥈 Salohiddin Abdufattoxov;
🥈 Nizomiddinxoʻja Shoxoʻjayev;
🥉 Farangiz Abduqahhorova;
🥉 Munisa Abobakirova;
🥉 Nozima Begnaeva;
🥉 Firdavs Olimjonov;
🥉 Sevara Beshimova;
🏅 Sayfullo Saidov ishtirok etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o'tayotgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.
#10may #uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o'tayotgan Butunjahon ta’lim forumi doirasida ta‘lim vazirliklari delegatsiyalari bilan uchrashdi va quyidagi masalalar muhokama qilindi.

Hindiston Respublikasi Assam shtati federal taʼlim vazirligi bilan ingliz tili va informatika yo‘nalishlaridagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini O‘zbekistondagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga “ustoz-shogird” modeli asosida amaliyotga va taʼlim jarayoniga jalb etish;

Liviya mamlakati oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot vaziri Doktor Omran Muhammad al Giyib tomonidan O‘zbekiston umumiy o‘rta taʼlim tizimida arab tilini xorijiy til sifatida o‘qitish yo‘nalishida hamkorlik, jumladan, Liviya tomonidan arab tilida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun Liviya oliy taʼlim muassasalarida magistr va ilmiy tadqiqot (PhD) taʼlimi uchun taʼlim grantlarini ajratilish;

Britaniya Kengashi Maktablar, kasbiy taʼlim va noanʼanaviy taʼlim bo‘yicha Global direktori Mark Gerbert bilan O‘zbekistonda maktabgacha va maktab taʼlimidagi islohotlarning to‘rt asosiy yo‘nalishida Britaniya Kengashi bilan hamkorlik olib borilish;

ETS xalqaro taʼlimda baholash tashkilotining Bosh direktori Amit Sevak bilan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini baholovchi Praxis imtihonlarini O‘zbekiston taʼlim tizimiga adaptatsiya qilish, o‘qituvchi va maktab rahbarlari uchun malaka oshirish kurslari va ularning kasbiy baholash testlarni joriy qilish;

ODILO onlayn taʼlim texnologiyalari tashkilotining global tijoriy vitse-prezidenti Skot Smit bilan onlayn-taʼlim platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda maktabdan tashqari taʼlim yo‘nalishida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashning moslashtirilgan raqamli taʼlim tizimini joriy qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DGContest
#Final

⚡️Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining final bosqichiga oz qoldi!

✔️
Musobaqaning final bosqichi ertaga, 11-may kuni soat 12:00 da bo’lib o’tadi.

📍Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.

👉 Ma’lumot uchun, tanlovning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, 2-bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan ishtirokchilar ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/DG-Contest-05-09

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Prezident maktablari: zamonaviy metodika va katta imkoniyatlar
#10may #uzbekiston24

📌 Ta'kidlash lozim,19 nafar o'quvchi 6 mln 314 ming AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritib, o'qishga muddatidan avval qabul qilindi.

📍Nukus shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 20-may kungi qabul imtihonida qatnashmoqchi bo'lgan abituriyentlar diqqatiga!

⚡️ Joriy yilning 20- may kuni o‘tkaziladigan imtihonlarda qatnashish uchun siz 11-may soat 18:00 ga qadar ariza topshirishingiz mumkin.

Ariza topshirish bo'yicha tushunmovchiliklarga duch kelgan talabgorlar havola orqali o'tib, video yo'riqnomani ko'rishlari tavsiya etiladi.

Eslatib o'tamiz, universitetga avgust oyida o'tkaziladigan imtihon uchun hujjatlar qabuli davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Reportyor | Ijod maktabida yoshlarga keng sharoitlar yaratilgan

#Mahalla

📍Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 12-13-may kunlari fan olimpiadasining Agentlik bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Unda:
shu yilning 5-6-may kunlari o'tkazilgan Olimpiadaning hududiy bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

O'quvchilarning barcha ishlari markazlashgan holda Toshkent shahrida ekspertlar tomonidan tekshiriladi va natijalar e'lon qilinadi.

❗️Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida eng yuqori ballni qo'lga kiritgan 10 nafardan o'quvchilar Agentlik terma jamoasiga qabul qilinadi hamda 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritadi.

Bundan tashqari yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti,
“PDP University”,
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti,
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,
“Perfect-university”
Alfraganus universiteti tomonidan ta'lim grantlari taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI HAMDA PORTSMUT UNIVERSITETI O’RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv
memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar:

▶️ Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️ Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️
Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.

❗️Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube