Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
54.5K subscribers
20.6K photos
2.61K videos
72 files
7.53K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Bugun, 28–dekabr O‘zbekiston Qahramoni ERKIN VOHIDOV tavallud topgan kun

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Farg‘ona viloyati hamda Marg‘ilon shahar hokimligi, hamkorligida Margʻilon shahar Ijodkorlar bogʻida Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat va Marg‘ilon shahar hokimligi, Milliy gvardiya, Sharqiy harbiy okrug yozuvchi shoirlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ulug‘ shoir haykali poyiga ehtirom ramzi sifatida gulchambarlar qo‘yildi.

♻️Tadbirning badiiy qismi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida o‘tkazildi. Erkin Vohidov memorial muzeyi xodimlari tomonidan sahna ko‘rinishi tashkil qilishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

DO'STLIK TUMANIDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Jizzax viloyatida tashkil etilgan Do'stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📌Ma'lumot o'rnida, mazkur maktab 456 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Aziza Muxtorova chalqancha suzish bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" sohibasi bo‘ldi.

📣Joriy yilning 21-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston kubogi" musobaqasida Termiz shahridagi Prezident maktabi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi (suzish bo‘yicha) Muxtorova Aziza faol qatnashib, 50 metrga chalqoncha suzish bo‘yicha 30.01 natijani qayd etdi va faxrli I o‘rinni egalladi.

❗️U, shuningdek,100 metrga erkin suzish bo‘yicha ham 1.00.24 natijani ko‘rsatib, III o‘rin sohibasiga aylandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ислоҳ қилишга бағишланган тадбирларда иштирок этади.

Давлатимиз раҳбари Халқаро конгресс марказида таълим сифатини ошириш ва янги авлод дарсликларини жорий этишга бағишланган кўргазма-тақдимот билан танишиб, соҳадаги ислоҳотлар ҳақида мурожаат қилади. Мактаб ўқитувчилари билан норасмий муҳитда мулоқот қилади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в мероприятиях, связанных с реформированием школьного образования.

Глава государства ознакомится с выставкой-презентацией по повышению качества образования и внедрению учебников нового поколения, выступит с заявлением о реформировании сферы. В неформальной обстановке побеседует со школьными учителями.

Facebook|Instagram|Twitter
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ijod_maktablari
#Prezident_maktablari

❇️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari yuqori til bilish sertifikatlariga ega bo‘lishmoqda.

Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi bitiruvchi o‘quvchisi ham til bilish sertifikatiga ega bo‘ldi.
Jumladan:

Xalqaro IELTS imtihonidagi natijalariga ko‘ra:

Karomat Ikromjonova 7.0 ball

Agentlik tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchilari quyidagi natijalarni qayd etgan:

Xalqaro IELTS imtihonidagi natijalari:

Ummon Anvarjonov - 8 ball,

Xalqaro SAT imtihonidagi natijalari:

✔️Dilyorbek Valijonov - 1510

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Халқаро конгресс марказига келиб, бошланғич синфлар учун ишлаб чиқилган янги авлод дарсликлари тақдимоти билан танишмоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Международный конгресс-центр и знакомится с презентацией учебников нового поколения, разработанных для начальных классов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Princeton_University
#Namangan_Prezident_maktabi

GO‘ZALXON: "AEROKOSMIK MUHANDIS BO‘LMOQCHIMAN..."

⚡️ Nano sun'iy yo‘ldosh yig‘ish va stratosferaga uchirish bilan shug‘ullanuvchi TOP-20 qizlar jamoasi safidan o‘rin olgan Go'zalxon Haydarova AQSHda 7-o'rinda turuvchi Princeton universitetiga 100% grant asosida o'qishga kirdi.

✔️"O‘zbekistonda nanoyo‘ldosh uchirilganda ishtirok etganman, keyingi gal haqiqiy yo‘ldosh uchirmoqchiman".

✔️"Princeton universitetida grant yutishdan ko‘ra o‘qishga kirish qiyinroq. Talabgorning oilasi yiliga 65 ming dollardan kam daromad topsa, universitet o‘qish pulini qoplab beradi".

✔️"Hayotdagi shiorim: qiz bola bo‘lganingdan afsuslanma!"

✔️"Nigeriyalik o‘rtog‘im kompyuter darslariga qatnashish uchun o‘g‘il bolaga o‘xshab kiyinib borishga majburligini aytib bergandi".

✔️ "HECH BIR QIZ O‘QISH UCHUN YOKI O‘ZI XOHLAGAN ISHDA ISHLASH UCHUN QIZ BOLA BO‘LGANIDAN AFSUSLANMASIN".

✔️"Prezident maktablari ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar uchun muvaffaqiyat tomon qo‘yilgan birinchi qadam bo‘la oldi".

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM