Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.8K subscribers
17.9K photos
2.31K videos
70 files
6.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
17:00:00-18:00:00
RADIO 24
#OAV_biz_haqimizda

📻 Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari O'zbekiston 24 radiokanalining "Yangiliklar" va "Axborot 24" informatsion dasturlari uchun intervyu berishdi.

🎧 Unda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada isloh qilish va Respublikadagi ixtisoslashtirilgan maktablarni Agentlik tasarrufiga o'tkazish tartibi to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.
#Malaka_oshirish_kurslari

Qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari rahbarlari, ularning o'rinbosarlari hamda mahalliy o'qituvchilar uchun masofadan kasbiy malaka oshirish qisqa muddatli kurslari tashkil etildi.

🔸 Yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan malaka oshirish kurslari:
- TOEFL iTP testi;
- Iqtidorli yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv;
- Darslarda interaktiv metodlardan foydalanish;
- Yangi tipdagi maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning didaktik asoslari
va boshqa ko'plab mavzularni qamrab oladi.

📌 Ma'lumot o'rnida, mazkur kurslar 15- yanvardan 22-yanvarga qadar davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH BOSHLANDI!

A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

A-level imtihonini topshirish istagida bo'lgan talabgordan
- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi,
- amaldagi pochta va telefon raqami,
- ta'lim olayotgan muassasa haqidagi ma'lumot
(maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi) hamda
- imtihon topshirishni istagan fanlar ro'yxatini tanlash talab etiladi
.

A-level imtihonlariga qanday ro'yxatdan o'tiladi?

Imtihonlar uchun onlayn arizalarni https://alevel.piima.uz/ sayti orqali to'ldirishingiz mumkin.

Batafsil
: https://piima.uz/news/endi-a-level-va-igcse-sertifikatlarini-olish-uchun-chet-elga-borishga-zarurat-yoq-mazkur-imtihonlarni-prezident-maktablari-otkazadi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_treninglar

Bugun, 20-yanvar kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi-pedagoglar uchun onlayn o‘quv seminari tashkil etildi.

🔸Seminarda, shuningdek “Ma'rifat targ'ibotchisi” jamiyati a'zosi, Falsafa fanlari doktoru professor Jamila Shermuhammedova, Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik fanlari doktori professor Firyuza Muhitdinovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

✔️O'quv-seminarlar davomida, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi Oʻzbekiston strategiyasi" kitobi mohiyati, milliy tarbiya sohasidagi islohotlar va ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni amalga oshirish mexanizmlari, pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish kabi mavzularda so'z yuritildi.

📌Ma'lumot o'rnida, o'quv seminarlari 2 kun davom etadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

TA’LIM MUASSASALARIDA DARSLAR 1 OY ONLAYN DAVOM ETADI

⚡️Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda joriy yilning 24-yanvaridan 24-fevraliga qadar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklda davom etishini ma’lum qilamiz.

👉Yangiliklarni Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sharh

Usı jıldıń 17-yanvar kúni qánigelestirilgen mekteplerdi shólkemlestiriw boyınsha Prezidentimizdiń tapsırmaları boyınsha I.Yusupov mektebi direktorı R.Tashimov tárepinen berilgen interviyu.
_______
✔️Agentlik tizimidagi Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi direktori Ruslan Tashimov joriy yilning 17-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo'lib o'tgan ixtisoslashtirilgan ta'lim qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Qoraqalpog'iston MTRK telekanaliga intervyu berdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablarida onlayn darslar qanday kechmoqda?

Qarshi shahridagi Prezident maktabida o‘qituvchilar darslar onlayn bo‘layotganligiga qaramay, interfaol usullardan foydalangan holda barcha fanlardan onlayn darslarni olib borishmoqda!

🔗 Youtube orqali yuqori formatda koʻrish uchun havola: https://youtu.be/5jKtYcAK92I

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ijod_maktablari
#CEFR #IELTS

⚡️⚡️⚡️ 2021-2022-o‘quv yili davomida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining o'quvchilari xalqaro va mahalliy darajadagi chet tillarini bilish sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

Maktabning 17 nafar o‘quvchisi ingliz tili bòyicha CEFR va IELTS; 14 nafar òquvchisi esa nemis tili bòyicha GYOTE sertifikatlariga ega bo'lishdi.

🔸Jumladan 10-11-sinf o‘quvchilardan:
-13 nafari CEFR B2 darajasini,
- 3 nafari IELTS xalqaro imtihonidan faxrli 7 ballni;

🔸7-8 sinf òquvchilaridan:
- 5 nafari A1-A2 darajali
🔸9-sinf o'quvchilaridan:
4 nafari B1 darajali hamda
🔸10-11-sinf o‘quvchilardan:
- 5 nafari B2 darajali nemis tili bo'yicha GYOTE sertifikatini qo'lga kiritdilar.

Ma'lumot o'rnida, Ibrat ijod maktabi GYOTE institutining PASH maktablar loyihasida ishtirok etish uchun asosiy da'vogar sifatida qabul qilindi.
#Faxrimiz
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari dunyoning yetakchi universitetlariga qabul qilinmoqda!

1. Robiya Sobirova Missuri va Mayami universitetlariga qabul qilinib, Xavier universitetining 100 000 $, Arizona universitetining 44 000 $ stipendiyasiga ega bo'ldi.

2. Azizbek Ortiqov Missuri universitetidan qabul maktubini olgan bo'lsa, Arizona Universitetidan 60 000 $ lik stipendiya sohibi bo'ldi.

3. Islombek Abdullayev Missuri universiteti talabasiga aylanish bilan birga, Arizona universitetining 60 000 $ stipendiyasiga ega bo'ldi.

4. Nodirbek Sa’dullayev Arizona universitetidan 44 000 $ miqdorida stipendiya yutib oldi.

5. Baxtiyor Duschanov Missuri Universitetiga qabul qilinish bilan birga Xavier Universitetidan 92 000 $ miqdoridagi stipendiyagaga ega bo'ldi.
#Ijod_maktablari

⚡️AQSHda o‘zbek ijodkorlarining "Uzbek anthology" to'plami chop etildi. Ingliz tilida nashr qilingan mazkur to‘plamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari:

🔸 Ziyoda Saparbayeva
🔸Gulmira Ravshanbekova
🔸Mohichehra Qadamova

va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Visola Tursunova qalamiga mansub she’rlar ham o‘rin egalladi.

✔️Ma'lumot o'rnida, mazkur to'plam Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashqari Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya kabi dunyoning 26 ta davlatida sotuvga chiqarilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Onlayn_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi-pedagoglar uchun onlayn o‘quv seminarlarining 2-kuni nihoyasiga yetdi.

Bugungi o'quv-seminarlarida Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi psixologlari Samira Rahimova, Gulbahor Yusupova, Yoqutoy O‘ktamovalar ishtirok etishdi.

✔️Trening doirasida o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga adaptatsiya jarayonlarini tashkil etish va stress holatiga tushib qolishining oldini olish kabi mavzularda ma'ruzalar hamda amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

📌Shuningdek, maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilishi haqida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamalova va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sevara Shakirovaning taqdimotlari tinglandi.