Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
82.6K subscribers
21.1K photos
2.65K videos
73 files
7.7K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистоннинг хорижий мамлакатлардаги элчилари Президент мактаби фаолияти билан танишди

@yangidavr_rasmiy
#Iqtidorli_yoshlar

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “O’zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida “Besh muhim tashabbus: imkoniyat va istiqbollar” iqtidorli yoshlar sessiyasi oʻtkazildi.

🔰Mazkur sessiyada Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Mohizodabonu Turofova “Yosh tarjimonlar Kengashini tashkil etish” loyihasi bilan ishtirok etdi. Loyihada yoshlar uchun badiiy va ilmiy tarjimalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

⚡️Loyihani moliyalashtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 100 mln so’m miqdorida grant mablag’lari ajratildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент мактабида «Очиқ эшиклар куни»
#24dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Bugun, 24-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🔸Unda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili fanlaridan ta’lim dasturlari, hamda robototexnika bo'yicha qo'llanma muhokama qilinib, mutaxassislar o'z fikrlarini bildirishdi.

✔️Ilmiy metodik kengash a'zolari tomonidan yaratilgan ta'lim dasturlari xalqaro talablar asosida ishlab chiqilganligi e'tirof etildi.
Yig'ilish so'ngida muhoma etilgan ta'lim dasturlari tajriba-sinov uchun tavsiya etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
#Elchilar_bilan_uchrashuv

📆 Bugun, 24-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, shuningdek o'quvchilarning kelajak loyihalari va qiziqishlari bilan yaqindan tanishdilar.

⚡️Uchrashuv so’ngida tashkil etilgan muloqotda ijod maktabining xalqaro tashkilotlar bilan kelajakdagi hamkorlik rejalari belgilandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ўзбекистон Республикасининг хорижий давлатлардаги элчилари билан учрашув
#24dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#ijod_maktablari
#Faxrimiz

Prezident ta'lim muassalari agentligi tasarrufidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi Azizbek Murodxo'jayev AQSHning nufuzli Arizona universitetiga o'qishga qabul qilindi.

🔹 Azizbekning qo'lga kiritgan grandlari miqdori 88 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

📊 Ma'lumot uchun, Arizona Universiteti AQSHning TOP-100 talik reytingidan o'rin olgan.
#Prezident_maktablari

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari yangiliklaridan xabardor bo'lishni istasangiz, quyidagi havolalar orqali maktablarning telegram kanallarini kuzatib borishingiz mumkin:

1️⃣
Toshkent shahridagi Prezident maktabi

2️⃣ Namangan shahridagi Prezident maktabi

3️⃣ Nukus shahridagi Prezident maktabi

4️⃣ Xiva shahridagi Prezident maktabi

5️⃣ Samarqand shahridagi Prezident maktabi

6️⃣ Andijon shahridagi Prezident maktabi

7️⃣ Farg'ona shahridagi Prezident maktabi

8️⃣ Termiz shahridagi Prezident maktabi

9️⃣ Buxoro shahridagi Prezident maktabi

🔟 Navoiy shahridagi Prezident maktabi

1️⃣1️⃣ Qarshi shahridagi Prezident maktabi

1️⃣2️⃣ Jizzax shahridagi Prezident maktabi

1️⃣3️⃣ Nurafshon shahridagi Prezident maktabi

1️⃣4️⃣ Guliston shahridagi Prezident maktabi


⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISI MAQSADBEK FAYZULLAEV 11 TA XORIJIY OTM TALABASI BO‘LDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Maqsadbek Fayzullaev dunyoning 11 ta nufuzli universitetlariga qabul qilindi.

🔸Maqsadbek AQShda joylashgan Arizona universiteti, Iowa Davlat universiteti, St. Edward's universiteti, Illinois college va Buffalodagi SUNY universitetlaridan hamda Buyuk Britaniyaning Durham universiteti, Lids universiteti, Manchester universiteti, Birmingham universiteti, Liverpool universiteti va Ispaniyaning Catalonia universitetlaridan taklif olgan.

✔️Maqsadbek AQShda joylashgan uchta nufuzli oliygohdan umumiy hisobda 312 000 dollar miqdoridagi grant sohibiga aylangan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_forumi
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

▶️Toshkent yoshlarni Forumi-2021” doirasida joriy yilning 20-21-dekabr kunlariTashkent city Congress hall” majmuasida “Yoshlar birdamlik va taraqqiyot yo‘lidashiori ostida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkent yoshlar modeli loyihasi tashkil etildi.

▶️ Mazkur loyihada ishtirok etish istagi bilan 5 mingdan ziyod yoshlar ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, shundan birinchi saralash bosqichida 250 nafar eng faol yoshlar saralanib olingan. Saralashning ikkinchi bosqichida esa yoshlarning intelektual bilimi, xorijiy tillarni bilishi, tashabbuskor g‘oyalari kabi darajalar orqali 150 nafar yoshlar saralab olindi.

▶️ Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-"b" sinfi o'quvchisi Abrorov Saidmurod Toshkentning eng faol 150 nafar yoshlarning orasidan joy oldi. U TYMUN(Tashkent Youth Model United Nations) davomida Gruziyaning delegati sifatida qatnashib, tadbir yakunida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.