Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.2K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Til_bayrami_oldidan

Bugun, 20-oktabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahrida joylashgan Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
_____________

2021-jıl 20-oktyabr sánesinde I.Yusupov atındaģı dóretiwshilik mektebinde 21-oktyabr - Ózbek tili bayrami múnásibeti menen "Qádiriń bálent bolsın, ana tilim" uranı astında joqarı kóterińki ruxta saltanatlı bayram keshesi bolıp ótti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Начало первого учебного года Университете «Новый Узбекистан»
#20oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбек тили байрами куни муносабати билан табрик йўллади

"Албатта, кейинги йилларда мамлакатимизда янгича руҳда кенг нишонланаётган бу байрамнинг алоҳида файзи ва шукуҳи борлигини барчамиз яхши биламиз.

Ушбу қутлуғ санада миллий қадриятларимиз гултожи бўлган она тилимизнинг тарихимиз ва тақдиримиз, бугунги ҳаётимиздаги ўрни ва аҳамиятини, уни ривожлантириш борасида олдимизда турган долзарб вазифаларни янада чуқур ҳис этамиз", — дейилади табрикда.

👉 Батафсил
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
#Ijod_maktablaridan_tabriklar_davom_etadi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma‘rifiy-adabiy tadbirlar o'tkazildi.

🔸Jumladan, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Milliy gvardiya va Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

🔹Xuddi shunday, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti hamda Qarshi yuridik texnikumi talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi.

🔸Shuningdek, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida tashkil etilgan tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

🔹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham Marg‘ilon shahar hokimligi hamkorligida tadbir tashkil etilib, unda shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, xalq ta’limi boshqarmalari mutasaddilari ishtirok etdi.

🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o'quvchilari ham tadbirni keng nishonlashdi.
#New_Uzbekistan_University
#Haftalik_davom_etadi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetida bo'lib o'tayotgan tanishtiruv haftaligi doirasida bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov talabalar bilan uchrashdi.

🔸Uchrashuv avvalida Abdujabbor Abduvohidov universitetning ilk talabalarini tabriklab, ularning mamlakat taraqqiyoti uchun foydali kadr bo'lib yetishishlariga ishonch bildirdi. Suhbatda, shuningdek o'zining yoshlik xotiralari hamda doimiy mehnat va izlanish muvafaqqiyat kaliti ekanligi to'g'risida so'zlab berdi.

📌Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
_

Adviser to the President of the Republic of Uzbekistan Abdujabbor Abduvahidov visited the New Uzbekistan University and met with the students. He congratulated the students and expressed confidence that they will become useful personnel for the country.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Filologiya fanlari nomzodi, Madina Matyoqubova Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.

🎥 Ogahiyshunos olimaning o'zbek tili tarixi haqidagi fikrlarini tinglaymiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_Media_hall
#Live

🔴Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Sifatli ta'lim - inson kapitaliga sarmoya" kasb-hunarlarga o‘rgatish, shakllantirish hamda tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ham ishtirok etmoqda.

🔸Tadbirda ta’lim tizimidagi so’nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va yangiliklar muhokama qilinmoqda.

⚡️Tadbir davom etmoqda.

👉Bizni jonli efirda kuzating.
____

In the National Press Center of Uzbekistan it is being held a press conference on "Quality education - an investment in human capital".

🔸The director of the Agency for Presidential Educational Institutions, Hilola Umarova is participating in the event.

🔸Within the frame of the event, it will be discussed the reforms and innovations in the education system in recent years.
#Xalqaro_Media_Hall

Xabar berganimizdek, bugun “Sifatli ta'lim - inson kapitaliga sarmoya" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔸Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ham so‘zga chiqib, Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati va yoshlarga sifatli ta'lim berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida gapirdi:

- Yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo'lida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bu yil Prezident maktablari soni 10 taga ko‘paydi; dunyoning eng nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universiteti tashkil etilib, ilk o‘quv yiliga start berildi. Bularning bari yurtimizning har bir nuqtasidagi iste'dodlarni kashf etish va ularni mamlakat ertasi uchun foydali kadr qilib tarbiyalash yo‘lida qo'yilayotgan ulkan qadamdir.

📌Tadbirda mutasaddi tashkilotlar ham ishtirok etib, ta'lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma'lumot berishdi. Yig‘ilish so‘ngida jurnalistlar o‘z savollariga mutaxassislardan javob olishdi.