Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Tashrif

Bugun, 15-sentabr kuni Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiya Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati bilan tanishishdi.

🔸Mehmonlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki direksiyasi vakillari hamrohlik qilishdi.

⚡️Tashrif davomida mehmonlar maktab faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va robototexnika xonalari bilan tanishishdi. Delegatsiya vakillari, shuningdek o'quvchilar bilan suhbatlashib, ularning maktab haqidagi fikrlariga quloq tutishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan XMK delegatsiyasi 14-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev qabulida bo‘lishdi. Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
#Ijod_maktablari #Ilk_kitob

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining besh nafar o'quvchisining ilk kitoblari nashrdan chiqdi.

📚Ijod maktabida ushbu yosh ijodkor qizlarning ilk kitob taqdimotlari o'tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayyid ham ishtirok etdi.

🔰Ijod maktablarida olib borilayotgan bu kabi ishlar o'quvchilarni ruhlantirish bilan birga, boshqa o'quvchi yoshlarning ham adabiyotga, ijodga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактабида_ўқийди

⚡️"PREZIDENT MAKTABI G‘OYASI BOLAGA BOSHLANG‘ICH SINFDAN E'TIBOR BERISHNI O‘RGATDI"

Farrux Oxunov - geolog, rafiqasi esa ingliz tili o‘qituvchisi. Oilaning to‘ng‘ich farzandi Farangiz Abduqahhorova Toshkent shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi.

- "Oilamizda bilimga, ilm olishga bo‘lgan qiziqish kuchli bo‘lganligi tufayli farzandlarimiz ham shu yo‘ldan borishga qiziqdi. Prezident maktablari farzandlarimizdagi qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga yordam beryapti";

- "Men Prezident maktabida o‘qish asnosida qizimning dunyoqarashi o‘zgarganini ko'raman - uning bugun har qanday muommo va vaziyatga nisbatan o‘z mustaqil fikri bor";

- "Bizda avval boshlang'ich sinfda o‘qiydigan bolalarga emas, yuqori sinf o‘quvchilariga ko‘proq e'tibor qaratilar, ularni pullik repetitorlarga borishlariga sharoit yaratilardi. Prezident maktablari g‘oyasi esa bolaga boshlang‘ich sinfdan boshlab e'tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi
".
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari 2- bosqich kirish imtihonlari natijalari yuzasidan bayonot

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2- bosqich natijalari 20-sentabr kuni e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell xabar berdi.

Bundan tashqari, Cambridge Assessment tashkiloti bugungi kunda 100 dan oshiq davlatlarda imtihon o‘tkazayotgani va vaqt juda tig‘izligiga qaramay, grafik asosida ish yuritayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlar Cambridge Assessment tashkilotining rasmiy sahifasini kuzatib borishlari mumkin: 👉https://www.admissionstesting.org

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Konferensiya

Joriy yilning 13-17-sentabr kunlari "Ta'lim va taraqqiyot" (UKFIET) forumi tomonidan "Ta'limni va treninglarni qayta tiklash: imidj, yondashuv va taqsimot" mavzusida 16-xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda.

🔸Forum doirasida, jumladan ta'limda innovatsiyalarni o'rganish, pandemiyadan keyingi sharoitda ta'lim tizimi, o'qituvchilar kasbiy mahoratini yaxshilash va ta'limda boshqaruv va tadqiqot usullari muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.

✔️Mazkur
forumda onlayn tarzda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova ham ishtirok etib, Agentlik tomonidan pedagoglar malakasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan loyihalar haqida so'zga chiqdi.

⚡️Forum davomida O'zbekistondagi ta'lim tizimi, xususan Agentlik tizimidagi maktablarda so'nggi yillarda qilingan ishlar hamda qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida so'z yuritildi.
PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGIDAN IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN IMKONIYAT!

Iste'dodli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar diqqatiga!

🔹Siz xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni
🔹Mutaxassislarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, iqtidorli jamoada ish o‘rganishni istaysizmi?

⚡️Unda Sizni Agentligimizda kutamiz!

✔️Аgentlik markaziy apparatida amaliyot o‘tash uchun siz joriy yilning 20-sentabridan boshlab
➡️ job.piima.uz sayti
➡️Vakansiyalar
➡️Amaliyotchi bo‘limi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Sizdan:
🔸O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lish;
🔸ingliz va rus tillarini bilish;
🔸 ijodkorlik;
🔸jamoada ishlash qobiliyati;
🔸kompyuterda erkin ishlay olish;
🔸 va albatta mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik talab etiladi.

🔰Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Agentlik tomonidan sertifikat beriladi va Prezident ta’lim muassasalari agentligiga suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

📌Amaliyot 6 oy davom etadi.
#Hamkorlik

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.

Joriy yilning 18-sentabrida imzolangan
mazkur memorandumda tomonlar:

🔸Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish;
🔸 “Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish;
🔸Mehribonlik uylarida “Raqamli avlod” sinf xonalarini tashkil etish va boshqa vazifalar yuzasidan kelishib olishdi
.

🔰Uchrashuv doirasida "Raqamli avlod IT oromgohi" da ishtirok etgan 22- va 23-sonli Mehribonlik uylari va "SOS - O‘zbekiston bolalar mahallalari"ning tarbiyalanuvchilari bilan kelgusidagi rejalar yuzasidan suhbat tashkil etildi.

⚡️Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta'lim mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, jumladan, harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik darslari tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bilan imzolangan memorandumda belgilangan ishlar bo'yicha ilk qadamlar boshlandi.

🔸
Jumladan, Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova hamrohligida Milliy Gvardiya Qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo’lib, maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔰Shuningdek, zamonaviy jihozlangan kibersport hamda robototexnika xonalarini ko‘zdan kechirdi. U yerdagi robototexnika maxsus majmuasi va boshqa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “Raqamli avlod” sinfxonalarini respublikamizdagi barcha Mehribonlik uylarida ham tashkil etilishi belgilandi.

🔹Shu bilan birga, Mehribonlik uylari bolalarining o'zlari tarbiyalangan maktablarda mentor bo'lib tayinlanishi uchun ham imkoniyat yaratilishi rejalashtirildi. Ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.