Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Prezident ta'lim muassasalari agentligi Agentlik tizimidagi maktablarda dars beruvchi pedagoglarning malakasini oshirib borish maqsadida UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot loyihasi ustida ish olib bormoqda.

🔰Mazkur tadqiqot loyihasi doirasida o'qituvchi kadrlarning kasbiy rivojlanishlari uchun maxsus model yaratish va uni sinovdan o'tkazish ko'zda tutilgan. Loyihaning ilk bosqichi sifatida face-to-face o'quv treninglar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi trening mashg'ulotlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tdi.

🔸Unda Agentlikning xorijiy mutaxassislari pedagoglarni XXI asr pedagogikasining zamonaviy metodlari bilan tanishtirib bormoqdalar.

📌Ma'lumot o'rnida, ushbu loyihada Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O'zbekiston ishtirok etmoqda.
🔰Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining B, C va D maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2)

🔸Fargʻona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni;
🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;
🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;
🔸Samarqand viloyati - Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati- 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati- Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-binosida;

🔸Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

❗️Shuningdek, Fargʻona viloyati Soʻx tumanida 22-avgust kuni soat 07:00 da 1-maktab stadionida barcha sinflar uchun imtihon boʻlib oʻtadi...

Imtihon kuni va vaqti

21-avgust
▶️1-smena 07:00
▶️ 2-smena 19:00

22-avgust
▶️1-smena 07:00

✔️Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿💻Online Digital Camp - Raqamli Avlod onlayn oromgohi!

24-28-avgust kunlari bo'lib o'tadigan onlayn oromgohimizga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda!

Bizning yo'nalishlarimiz:
🌐-Web-dasturlash;
🖥-.NET dasturlash;
🎨-2D dizayn;
📸-Raqamli media va marketing;
🤖-Robototexnika.

Ro'yxatdan o'tish - https://school.digitalgeneration.uz/login/signup.php?lang=uz

PS: Eslatib o'tamiz, oromgoh bepul hisoblanadi va bunda yosh chegaralanmaydi. Eng faollarga esa homiy tashkilotlarimiz tomonidan qimmatbaho sovg'alar ajratilgan.
___________
Digital Generation Uzbekistan
Президент тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди. Бундай шаклдаги учрашув илк бор ўтказилди ва унда жами ўн мингга яқин тадбиркор иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида соҳадаги муаммоларни ҳал қилишга қаратилган 7 та муҳим йўналишни кўрсатиб ўтди, янги ташаббусларни илгари сурди.
Мулоқотда тадбиркорлар сўзга чиқиб, фаолиятида дуч келаётган муаммоларни, таклиф ва мулоҳазаларини айтди. Улар тармоқ мутасаддилари ва ҳокимлар иштирокида муҳокама қилинди.

Президент провел открытый диалог с предпринимателями. В мероприятии, впервые прошедшем в таком формате, приняли участие около 10 тысяч представителей бизнеса.
В своем выступлении глава государства обозначил 7 важных направлений решению проблем в сфере и выдвинул новые инициативы.
Выступившие предприниматели рассказали о проблемах в своей деятельности, высказали свои мнения и предложения. Они рассмотрены с участием ответственных лиц и хокимов.

#Mirziyoyev #uchrashuv #tadbirkorlik #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

✔️Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

⚡️Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

🔸Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

📌Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.