Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Imtihon_2kun #Prezident_maktablari

Prezident maktablariga imtihonning 2-kuni 1-smenasi yakunlandi.

🔰
Mazkur birinchi bosqich imtihonlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va Respublikamizning barcha viloyatlarida bir xil tartib asosida o'tkazildi. Jumladan:
- tibbiy tekshiruv va tibbiyot punkitining mavjudligi;
- face ID nazorati
-imtihon savollarining imtihon o'tkazilayotgan hududda ochilishi;
-ota-onalar kutish joyida COVID-19ga qarshi ixtiyoriy emlash punkti;
-OAV xodimlari ishtiroki;
-imtihon yakunida javob varaqalarini qoplarga joylanib, Cambridge Assessment tashkilotiga yuborilishi va boshqalar.

👆Fotosuratlar Xorazm viloyati va Toshkent shahridagi jarayonlarni o'zida aks ettiradi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Murojaat

Prezident ta'lim muassasalari agentligi ota-onalarga yana bir bor eslatma bilan murojaat qiladi.

❗️Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablariga kirish imtihon jarayonlari ketayotgan hududda karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda masofa saqlashingizni so‘raymiz.

🔸Ochiq havoda masofa saqlanganda virus yuqishi ehtimoli kamayishi haqida Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu o‘rinda biz dunyo olimlarining fikri bilan ham qiziqdik.

🔰Germaniyalik bir guruh olimlar agar ijtimoiy masofa saqlansa, ochiq maydonlarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli minimal degan xulosaga kelishdi. Bu SARS-CoV-2 ning barcha shtamplariga tegishli.

⚡️Xitoylik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq o‘rganilgan 7324 holatdan faqat bittasi ochiq havoda sodir bo‘lgan.
📣📣📣Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablari kirish imtihonlarida sizdan bir necha tartib-qoidalarga rioya qilishingiz so'raladi:

🔸Avvalo, farzandingizning imtihon oldi ovqatlanishiga e'tibor bering. Och qoringa kelish yoki imtihondan oldin og'ir va yog'li taomlarni iste'mol qilish uning imtihon jarayonida o'zini behuzur his qilishiga sabab bo'ladi.

🔹Shuningdek, imtihonlar ochiq havoda o'tkazilayotganini inobatga olib, farzandingizning bosh kiyim (kepka)da bo'lishini ta'minlashingizni so'raymiz.

❗️Eslatib o'tamiz, imtihon jarayonlarini test2021.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент мактабларига қабул жараёнлари
#27jule #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент мактабларига имтиҳонлар бошланади. Тошкент шаҳри ва Хоразм вилоятидан репортаж

@yangidavr_rasmiy
#Savol_javob #Imtihon_2021

❗️Nega Prezident maktablari kirish imtihonlarida javoblar qalamda belgilanadi?

Javoblarni qalamda belgilash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo’yilgan talablardan biri.
Bunga sabab:


▶️ Qalamdan boshqa yozuv qurolida belgilangan javoblarni maxsus kompyuter tekshirmaydi. Test javoblarini tekshirishga ixtisoslashgan dastur faqat qalamda belgilangan javoblarni qabul qiladi;

▶️Qalamda belgilangan javoblar yaxshi skaner qilinadi - ruchkada belgilanganda esa ularning bo’yalib ketish ehtimoli mavjud;

▶️Javoblarni qalamda belgilash talabgorga xato qilib qo’ysa, shu xatoni tuzatish imkonini beradi.

📌Ma’lumot o’rnida, IELTS, TOEFL kabi sinovlarda ham shu usul qo‘llanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021 #Press

🎥 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon #Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi yakunlanmoqda.

🔰Ba’zi hududlarda imtihon kunlari 2 kun, ba’zilarida esa 3 kun bo‘lishi belgilab qo’yilgan edi.

📌Shunga asosan, Xorazm, Sirdaryo, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida imtihonlar to‘liq nihoyasiga yetdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod

🔰Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi bilan hamkorlikda Digital Generation Uzbekistan jamoasi "Zamin Education" loyihasi doirasida Jizzax viloyatida bo'lib turishibdi.

⚡️ "Raqamli Avlod" mentorlari Zarbdor tumani 1-sonli va 2-sonli maktab-internatining eshitish qobiliyati zaif o'quvchilari uchun Robototexnika bo'yicha mahorat darslari va Microsoft kompaniyasining "Hour of Code" dasturlarini o'rgatishmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube