Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
ФАРЗАНДИНИ "ПРЕЗИДЕНТ МАКТАБИ"ДА ЎҚИТИШ ИСТАГИДА БЎЛГАН ОТА-ОНАЛАР ДИҚҚАТИГА!

БУ ЙИЛ “ПРЕЗИДЕНТ МАКТАБЛАРИ”ГА ҚАБУЛ ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги
ҳамда Халқ таълими вазирлиги ҳамкорликда ташкил этаётган навбатдаги ОЧИҚ МУЛОҚОТ “Президент мактаблари”га қабул жараёнига бағишланади.

🔹Унда Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги вакиллари Сизларни қизиқтирган барча саволларга жавоб беради.

Очиқ мулоқот давомида:

“Президент мактаблари”га ҳужжатларни қабул қилиш вақти ва тартиби;
2021-2022 ўқув йил учун “Президент мактаблари”га қабул имтиҳонлари шакли;
Қабул имтиҳонларини муваффақиятли топшириш бўйича тавсиялар.

Очиқ мулоқот вазирликнинг Facebook ижтимоий тармоғидаги расмий саҳифасида бўлиб ўтади.

Ҳамда Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi саҳифасида бўлиб ўтади.

Саволларни Очиқ мулоқот ташкил этилаётган вақт давомида изоҳларда қолдириш мумкин.

‼️Шу ўринда барча мактаблардан ота-оналар ўртасида онлайн мулоқотни юқори даражада тарғибот-ташқивот қилиш, Очиқ мулоқотда мактабдан иштирок этадиган иштирокчилар учун карантин қоидаларига риоя қилган ҳолда АКТ хоналарида зарур шарт-шароит яратиб беришлари сўралади.

Очиқ мулоқот ўтказилиш вақти:
2️⃣2️⃣ май куни 🕒 соат 1️⃣2️⃣:0️⃣0️⃣ да

МУЛОҚОТ ФАРЗАНДИ КЕЛАЖАГИГА БЕФАРҚ БЎЛМАГАН ОТА-ОНАЛАР УЧУН АЛБАТТА ҚИЗИҚ БЎЛАДИ!

ЎТКАЗИБ ЮБОРМАНГ!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Sayyor_trening

✈️ Sayyor trening Xorazmda

Xiva Prezident maktabi hamda Ogahiy ijod maktablarida bo‘lgan sayyor treningda Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarning arizalarini o‘rganib chiquvchi operatorlar bilan amaliy sinov tajribasi o‘tkazildi. Ya’ni qabul jarayoniga mas’ul operatorlarning amaliyotda o‘ziga yuklatilgan vazifani qay darajada uddalashi tekshirib ko‘rildi, kerakli tavsiyalar berildi.

🧭 Sayyor treningning keyingi manzili Qashqadaryo.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
DIQQAT, QABUL!

Prezident va ijod maktablariga hujjat qabuli boshlanishiga 1️⃣3️⃣ kun qoldi!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Konferensiya

Westminester Universitetida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada Xiva shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi Tomas Topham tomonidan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilarining malakasini oshirish tizimi rejasi taqdimoti namoyish etildi.
Konferensiya bir vaqtning o'zida online va offline tarzda o'tkazildi va unda 160 nafaradan ortiq o'qituvchi qatnashdi.

🔰Prezident maktablarida joriy etilgan ustozlarni oʼqitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublari, taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʼqitishning fanlararo yondashuvi, shuningdek, boshqa koʼplab ijobiy tajribalarini xalq taʼlimi tizimi bilan oʼrtoqlashish maqsadida seminar-treninglar tashkillashtirildi. Xalqaro tajriba almashish va asosiysi o'qituvchilarni uzluksiz malaka oshirish mexanizmini yaratish bo'yicha istiqbolli rejalar tuzildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Online

🔴Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn OCHIQ MULOQOT boshlandi.

https://fb.watch/5EpITNGnW9/
Bugungi hamkorlikda tashkil etilgan ochiq muloqot 2021-2022-o‘quv yilida Prezident maktablariga qabul yuzasidan muhim masalalarga bag‘ishlandi.

Onlayn muloqotni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi:
- Bu yil respublikamizdagi barcha viloyatlarda Prezident maktablariga qabul boʻladi. Bu katta masʼuliyat, ayniqsa, har bir maktab direktori bu borada ishga jiddiy qarashi lozim.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova qabul tartiblari haqida gapirib, ota-onalarga yuklatilgan mas'uliyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi:
- Jarayonni toʻgʻri tashkil etish uchun ota-onalar ham birdek masʼul. Ayniqsa, qabul uchun ular oʻzlarining ishlaydigan telefon raqamlarini kiritishlari lozim. Shunda oʻquvchi natijasi haqida yuboriladigan sms ma’lumotdan ota-onalar bexabar qolishmaydi.

So‘ng Agentlik direktori oʻrinbosari Amirulla Abdullayev tomonidan Prezident maktablariga hujjat topshirish bilan bogʻliq talablar toʻgʻrisida taqdimot namoyish etildi.
Ochiq muloqot davomida yo‘llangan savollarga Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayevlar javob berishdi.

Prezident maktablarida o'qish pullikmi?
-O'qish, oziq-ovqat, yotoqxona hamda o'quvchilarning boshqa xarajatlari mutlaqo bepul.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi ma’lumotlarni qaysi manbalardan olish mumkin?
Agentlik sayti: www.piima.uz/ va portal.piima.uz
Telegram: https://t.iss.one/piima.uz;
Facebook:https://www.facebook.com/piima.uz; https://www.facebook.com/prezident.maktablar
Тweeter: -https://twitter.com/piimauz
Instagram: https://www.instagram.com/piima.uz/?hl=ru
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw
Bo‘sh ish o‘rinlari: job.piima.uz
🌐Telegram bot (t.iss.one/Qabul2021_bot)
☎️Call-markaz: 1206; +99871-207-72-22

5-sinfni tugatgan o'quvchi Prezident maktabiga 5-sinfga qabul qilinish uchun hujjat topshirsa bo'ladimi?
-O'quvchi o'zi tugatgan sinfda qayta o'qishi mumkin emas.

Prezident maktabiga qabul qilinish uchun imtiyozlar mavjudmi?
-Prezident maktablariga qabul qilinish bo'yicha hech qanday imtiyoz mavjud emas.

Imtihonni rus tilida topshirsa ham bo'ladimi? Ta'lim qaysi tillarda olib boriladi?
-Imtihonni faqat o'zbek, ingliz, qoraqalpoq tillarida topshirish mumkin. Ta'lim ingliz va o'zbek tillarida olib boriladi.

O'quvchi istalgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkinmi?
-Nomzod faqat o'zi ta’lim oladigan maktab bilan bir xil hududiy mansublikka ega Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.

Prezident maktablariga o'qituvchi sifatida ishga kirish istagida bo'lganlar qayerga murojaat qilishlari kerak?
- job.piima.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Sayyor_trening

✈️ Sayyor trening Qashqadaryoda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan sayyor trening doirasida Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgor-o'quvchilarning arizalarini ko'rib chiquvchi operatorlarga ish jarayonini qanday olib borish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, Ijod maktabi rahbariyati ham bu borada targ'ibotda o'z faolligini namoyon etmoqda.

🧭 Sayyor treningning keyingi manzili Jizzax.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
DIQQAT, QABUL!

Prezident va ijod maktablariga hujjat qabuli boshlanishiga 1️⃣2️⃣ kun qoldi!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube