Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.4K subscribers
19.3K photos
2.44K videos
71 files
7.07K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

🤩 PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI AQSHNING NUFUZLI OLIYGOHIGA TOʻLIQ GRANT ASOSIDA OʻQISHGA KIRDI

Navoiy shahridagi Prezident maktabining oʻquvchisi Asilbek Bahromov "Gettysburg College"ga 260.000 AQSh dollari miqdoridagi 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi.

Maʼlumot uchun, Asilbek IELTSdan 8 ballni qoʻlga kiritgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#info
#A_Level
#AS_Level
#IGCSE

📢 IGCSE, AS va A LEVEL IMTIHONLARI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️ Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati boʻlib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
- A+(a+) - eng yuqori
-E(e) - eng past koʻrsatgich hisoblanadi.

✔️ A-level sertifikatini olish uchun nafaqat Prezident maktabi taʼlim oluvchilar, balki mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin.

✔️ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

✔️ Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablarida mazkur imtihonlar oʻtkaziladi.

✔️ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2 marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida boʻlib oʻtadi. Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

✔️ Cambridge Assessment imtihon uchun 50 dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa 3 tadan 5 tagacha fan tanlaydi.

✔️ Cambridge Assessment A-level dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari oʻquvchilari:
IGCSE imtihonini — 9-sinfda,
AS imtihonini — 10-sinfda,
A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.

✔️ Chetdan kelgan (Prezident maktablari oʻquvchisi boʻlmagan) talabgorlar nechanchi sinfda oʻqishidan qatʼiy nazar, oʻz bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

✔️ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida, A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
___ ___ ___

‼️ Imtihonlarda ishtirok etish uchun oʻz hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARIga murojaat etishingiz mumkin.

🔔 ROʻYXATDAN OʻTISH JORIY YILNING 14-FEVRALIGA QADAR DAVOM ETADI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#muhandislik_dasturlari
#integratsiyalashgan_taʼlim

🤩 "Yangi Oʻzbekiston" universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi muhandislik dasturlari yoʻnalishida hamkorlik qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Bunda, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi. Dastlabki 3 yilda ustuvorlik o‘quvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa — muhandislikka boshlang‘ich tayyorgarlikni ta’minlashga qaratiladi.

Shuningdek, muhandislik ta’lim dasturlarini lozim darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga o‘z o‘qishini "Yangi O‘zbekiston" universiteti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan ayni yoʻnalishda olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida tizimdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti oʻrtasida taʼlim hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari "Yangi O‘zbekiston" universiteti o‘quv laboratoriyalari hamda mahalliy va xorijiy o‘qituvchilarning dars jarayonlarini kuzatish, oʻquv-amaliy mashgʻulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Kuni kecha "Yangi O‘zbekiston" universitetida tashkil etilgan integratsiyalashgan dars jarayonlarida ham maktab yoshlari bu imkoniyatdan samarali foydalandi.

Shu bilan birga o‘quvchilar uchun universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida mahorat darslari ham o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mohloroy Ashurova oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega boʻldi.

U oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, ingliz tili umumtaʼlim fanlaridan jami 178 ball toʻplagan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialining faoliyati haqida
#andijonMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Professor-o‘qituvchilarimiz haqida yanada ko‘proq bilmoqchimisiz?

🚛 Mening sevimli professorim loyihasining bu galgi ishtirokchilari Nurshoda Qodirberganova va Sirojiddin Usmonov universitetimizning fidoiy professor-o‘qituvchilari haqida gapirib berishdi.

💥 Ushbu professorlar kimligini YouTube kanalimizda videoni to'liq tomosha qilgach bilib olishingiz mumkin.

👍 To‘liq video: https://youtu.be/uHUruR0S2KI

⚡️ Shu bilan ushbu loyihamiz yakunlanadi. “Yangi O‘zbekiston” universitetida bir-biridan bilimli, va kuchli tajribaga ega professor-o‘qituvchilar jamoasi shakllangan.

Loyiha yordamida biz universitetdagi noyob akademik muhitni talabalarning o‘z taassurotlari orqali yetkazishni maqsad qilgan edik va bu maqsadga qaysidir darajada erishdik deb o‘ylaymiz.

🎗 Keyingi loyihada esa, birgalikda o‘zgacha iqtidor egalarini kashf etamiz...

🔁 English

#MeningSevimliProfessorim #professorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Fazliddin Gʻulomjonov oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega boʻldi.

U oʻzbek tili va adabiyoti, biologiya, ingliz tili umumtaʼlim fanlaridan jami 167 ball toʻplagan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

⚡️Olimpiadaga tayyorgarlik va muvaffaqiyat uchun top 10 praktik maslahatlar:

1️⃣ Reja tuzing va unga amal qiling,

2️⃣ Asosiy bilimlarni takrorlang,

3️⃣ Masala yechish ko‘nikmasini rivojlantiring,

4️⃣ Vaqtni boshqarishni o‘rganing,

5️⃣ O‘zingizni sinab ko‘ring,

6️⃣ Kuchli tomonlaringizni oshiring, zaif tomonlaringizni yaxshilang,

7️⃣ Kitoblar va qo‘llanmalardan foydalaning,

8️⃣ O‘qituvchilar va mutaxassislardan maslahat oling,

9️⃣ Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering,

1️⃣0️⃣ Motivatsiyani yuqori saqlang!

Agar yuqoridagi maslahatlarni doimiy qo‘llasangiz, olimpiadaga yaxshi tayyorlanishingiz va muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

ASTROFIZIK OLIM BILAN UCHRASHUV

🤩 Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA Astronomiya institutining Nazariy astrofizika boʻlimi mudiri, akademik Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM