Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Avtomobilsiz_kun

AGENTLIK XODIMLARI “AVTOMOBILSIZ KUN” TADBIRIDA FAOL QATNASHMOQDA

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xodimlari “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol qatnashib, ishga jamoat transportlarida, velosipedda, piyoda kelishdi. Ish vaqti tugab, uyga ketishda ham avtomobillardan foydalanmaslik rejalashtirilgan.

Barchani “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol qatnashishga chaqirib qolamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktabi

🥊 Joriy yilning 27-noyabridan 1-dekabriga qadar Bo‘stonliq tumanida 2011/2012 va 2013/2014-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi.

🤩 Unda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o’quvchi-sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🏆 Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra boks maktabi oʻquvchi-sportchilari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fargʻona 24 | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fargʻona viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida "Yosh ekologlar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
#fargʻonaMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#metodik_yordam
#Sirdaryo

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan ta’lim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori G.Ziyoyeva boshchiligidagi ishchi guruh hududdagi 6-, 12-, 21-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, dars jarayonlarida qatnashdi. Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga yangi baholash mezonlari tartibi, BSB va I-chorak CHSB tahlillari, eMaktab platformasi bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Z.Alimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan hududdagi 1-, 2-, 3-, 22-, 24-, 36-, 40-, 52-sonli umumta’lim maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining oʻrinbosari D. Shermatov boshchiligidagi ishchi guruh Xovos tumanidagi 1-, 9-, 14-, 30-sonli umumta’lim maktablarida boʻlib, oʻqituvchilariga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdi. Shuningdek, zarur metodik tavsiyalar berilib, ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori oʻrinbosari B.Koʻldoshov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ham hududdagi 5-,6-,16-sonli umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga ayni yoʻnalishda metodik tavsiyalar berildi.

Agentlik tizimidagi ta’lim maskanlarining hududlardagi umumta’lim maktablariga metodik yordam berish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Yangicha taʼlim tizimi va yangicha yondashuvlar
#uzbekistan24

📍Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_muruvvat_kuni

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi Prezident maktabi tomonidan 1-sonli maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun tadbir tashkil etildi.

Tadbirda oʻyinlar, sahna ko‘rinishlari, raqslar namoyish etildi, turli xil shartlar asosida qiziqarli bellashuvlar oʻtkazildi. Bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi
#qaraqalpaqstanMTRK

📍Nukus shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mehr_muruvvat_kuni

🤩 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi 13-maxsus maktab-internati hamda 46-maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotiga bordilar.

"Kel, dunyoga quvonch ulashamiz" shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirlarda tarbiyalanuvchilarga mehr ulashish bilan birga ijod maktabi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ta'lim tashkilotiga mevali daraxtlar ekilib "Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bog‘i" tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM