Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB DASTURI KOʻNIKMALARI OʻRGANILDI

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari
Xalqaro bakalavriat (IB) dasturini joriy etish boʻyicha muhim bosqichlardan oʻtgan boʻlib ayni yoʻnalishdagi ishlarning davomi sifatida har ikkala taʼlim muassasasi oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan mazkur seminar-treningda ishtirokchilar IB asosidagi oʻrta yosh dasturini joriy etishda qoʻshimcha resurslar va manbalardan foydalanish boʻyicha bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, seminar-trening doirasida IB boʻyicha topshiriqlarni yaratishda sun’iy intellektdan oqilona foydalanish boʻyicha ham yoʻriqnoma oʻtkazildi. Qayd etilganidek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish oʻquv jarayonini soddalashtirib, moslashtirilgan oʻquv materiallari va mashqlarni taklif qilishi mumkin.

Shuningdek, oʻyinlar, simulyatsiyalar va boshqa interfaol vositalar yordamida oʻrganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa oʻquvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishini kuchaytiradi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. Oʻquvchilar turli xil maʼlumot manbalari bilan ishlashni oʻrganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradilar.

Shuningdek, IB dasturi oʻquvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki oʻquvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil oʻrganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube