#zakovat
🤩 AGENTLIK MAKTABLARI OʻRTASIDA "ZAKOVAT" OʻRTOQLIK UCHRASHUVI
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Zakovat" oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi:
➖ Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
➖ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
➖ Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Zakovat klubi" jamoalari ishtirok etdi.
Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvi yakuniga koʻra:
🥇-oʻrin – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
🥈-oʻrin – Toshkent shahar Prezident maktabi;
🥉-oʻrin – Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalariga nasib etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#сўраган_эдингиз
Yangi baholash tizimiga doir 3 savolga 3 javob
✅ Xabaringiz bor, 2024-2025-oʻquv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi va ayni vaqtda ushbu taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilim darajasi mazkur tizim asosida baholanmoqda.
👉 Shu oʻrinda yangi baholash tizimi boʻyicha pedagoglar va ota-onalardan kelib tushayotgan ayrim savollarga javob berib oʻtsak.
❓1. Savol: Biz turli ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali CHSB test savollarini olyapmiz, ammo ushbu savollarda turli tafovut va noaniqliklarni kuzatyapmiz. Buning sababi nimada?
❗️ Javob: Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktab oʻquvchilari bilimini baholash uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan namunaviy test savollari ishlab chiqilgan hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining e-maktab.uz platformasiga joylashtirilgan.
➖Pedagoglar va ota-onalardan yangi baholash tizimi boʻyicha barcha fanlarga tegishli namunaviy test savollarini faqat e-maktab.uz platformasidan yuklab olishlarini soʻraymiz. Boshqa turdagi axborot kanallari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi savollarning toʻgʻriligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos emas.
❓ 2. Savol: CHSB imtihonlari uchun sarflanayotgan qogʻoz va bosmaxona xarajatlari qaysi mablagʻlar hisobidan qoplanyapti? Buning uchun ota-onalardan mablagʻ talab etiladimi?
❗️ Javob: Yoʻq, ota-onalardan mablagʻ talab etilmaydi.
➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi tegishli buyrugʻiga asosan, 2024-yil I va II chorak imtihonlari Toshkent shahar, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi tanlab olingan va yangi baholash tizimi joriy etilgan 168 ta maktabda e-maktab.uz platformasi orqali onlayn, qolgan 1332 ta maktabda anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilangan.
➖Anʼanaviy tarzda imtihon oʻtkaziladigan 582 ta maktab uchun ajratiladigan (6400 ta oʻram) qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, ushbu maktablarning nazorat materiallari hududiy boshqarmalarga maxsus ajratilgan printer qurilmalarida chop etiladi.
➖Qolgan 750 ta maktabga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda vazirlik tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etib kelinmoqda.
❌ Mazkur xarajatlar uchun ota-onalardan pul mablagʻlari talab etilishi mumkin emas.
❓ 3. Savol: Agar imtihon kunlari farzandim kasal boʻlib qolganligi sababli sinovlarda qayta ishtirok etsa, imtihon ballari tushib ketar ekan, shu toʻgʻrimi?
❗️Javob: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga joriy etish boʻyicha tartib”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.
➖Unga binoan, asosli sabablar (kasal boʻlganligi, yaqin qarindoshlaridan birining vafoti, turli olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki)ga koʻra baholash jarayonida qatnasha olmagan oʻquvchilar uchun sinovlar alohida oʻtkaziladi. Bunda oʻquvchilarga amaldagi baholash mezonlari (maksimal 40 ball)ga koʻra olgan ballari qoʻyiladi.
➖Uzrsiz sabablarga koʻra baholashda qatnashmagan, ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlashtirilgan yoki 12 balldan past natija qayd etgan oʻquvchilarning maksimal bali 26 balldan oshishi mumkin emas.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining matematika fani oʻqituvchisi Nozimjon Ummatillayev bir yil davomida Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universitetida matematika ta’limi yoʻnalishida magistratura bosqichida tahsil olib qaytdi.
N.Ummatillayev xorijdagi ta’lim taassurotlari haqida taqdimot qildi. Taqdimotdan mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak ishonch va imkoniyat, xorijiy davlatlardagi ta’lim yangiliklari, xalqlar aro madaniy uygʻunlik va farqlar, Buyuk Britaniyada oʻqituvchilik tajribasi, ilmiy tadqiqot yoʻnalishi kabi mavzular oʻrin oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
N.Ummatillayev xorijdagi ta’lim taassurotlari haqida taqdimot qildi. Taqdimotdan mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak ishonch va imkoniyat, xorijiy davlatlardagi ta’lim yangiliklari, xalqlar aro madaniy uygʻunlik va farqlar, Buyuk Britaniyada oʻqituvchilik tajribasi, ilmiy tadqiqot yoʻnalishi kabi mavzular oʻrin oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Qoraqalpogʻiston
ISHCHI GURUH: STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.
Xususan, ishchi guruh Xoʻjayli tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nukus shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Jade Marck Cantillo hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.