Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.5K subscribers
17.3K photos
2.24K videos
70 files
6.48K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Jadidlar_izidan
#Prezident_maktabi

🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabida “Jadidlar izidan” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘li aks etgan taqdimot va o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan “Jadid bobolarga xiyonat qilma” she’ri tadbir ishtirokchilari qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini yanada oshirdi.

Ayniqsa, ta’lim maskani ustozlarining Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi o‘zbek jadidchiligi namoyandalari qiyofasidagi chiqishlari, ular ijrosidagi she’r va monologlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#Prezident_maktabi

🤩Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining yangi mavsumiga start berildi.

Anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan ushbu tanlov Prezident maktabi o‘quvchilarining intellektual salohiyatini yanada yaxshilash va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Prezident maktabida tanlovning saralash bosqichi joriy yilning 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_sanʼat
#amaliy_mashgʻulot
#Prezident_maktabi

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida “Folklor musiqasi va dostonchilik san’ati” mavzusida amaliy dars oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar ming yillar davomida sayqallanib, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan dostonchilik san’ati, xalq qoʻshiqlari milliy madaniyatimizning muhim boʻlagi, ota-bobolarimiz turmushi va ijtimoiy hayotining oʻziga xos koʻrinishi ekanligi haqida tushunchalarga ega boʻlib, mavzuning nazariy asoslarini puxta oʻzlashtirdi.

Amaliy dars davomida oʻquvchilar "Chamanda gul", "Chittigul", "Boychechak" kabi bolalar folklor qoʻshiqlarini kuylab, "Oq terakmi, koʻk terak", “Kim oladi-yo, shuginani-yo?” kabi xalq o‘yinlarida mahoratini koʻrsatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM