Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44K subscribers
18.3K photos
2.36K videos
70 files
6.78K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#psixolog_faoliyati
#seminar

🤩 Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktablari psixologlari faoliyatidagi samaradorlikni oshirish maqsadida navbatdagi oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda Oʻrta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik yoʻnalishida seminar-trening tashkil etildi.

Unda ekspertlar tomonidan mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli universitetlarga hujjat topshirish tartibi, xalqaro taʼlim va grantlar dasturlari, IELTS, SAT imtihonlariga tayyorgarlik borasida zarur maʼlumotlar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi taʼlim maskanlarida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun ayni yoʻnalishdagi seminar-treninglar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

KASBIY RIVOJLANISHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish, yangi metodikalar boʻyicha tajriba almashish, pedagoglar bilimini yanada rivojlantirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy o‘qituvchilari zamonaviy metodika, xalqaro ta’lim dasturlari asosida toʻplagan bilim va tajribalarini interfaol usullarda mahalliy pedagoglar bilan boʻlishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarining Sanʼat(ART) va Robototexnika fani o‘qituvchilarini yangi metodikalarga o‘rgatish hamda ular bilan tajriba almashish maqsadida Prezident maktabi pedagoglari tomonidan seminar tashkil etildi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan yangi metodikalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, fan yuzasidan qiziqarli faktlar hamda yangiliklar haqida so‘z bordi. Bundan tashqari seminarda barcha pedagoglar uchun interfaol o‘yinlar va mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida huhuddagi ixtisoslashtirilgan maktablar kutubxonachilari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#Prezident_maktablari_tajribasi

🤩Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi maktablarining robototexnika va san’at (Art) fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening doirasidagi oʻquv-amaliy mashgʻulotlar Prezident maktabining robototexnika, dasturlash, san’at (Art) yo‘nalishlaridagi fan oʻqituvchilari hamda toʻgarak rahbarlari tomonidan olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan xalqaro ta’limda robototexnika va san’at (Art) sohalarining oʻrni va ahamiyati haqida taqdimotlar ham oʻtkazildi. Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasidagi “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#Prezident_maktablari_tajribasi

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻqituvchilari uchun "Oʻquvchilar diqqatini jamlashda yangi usullar" mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar mashgʻulotlari Prezident maktabining psixolog hamda pedagog xodimlari tomonidan olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda ingliz tili, informatika hamda fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🤩 Agentlikning Toshkent shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ushbu seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rahbariyati, masʼul xodimlari tomonidan olib borilib, yangi baholash mezonlari tartibi boʻyicha metodik tavsiyalar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.

Seminar-trening oʻz ishini ertaga ham davom ettirib, Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining ayni yoʻnalishda bilim va malakalarini oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan olib borilib, metodik tavsiyalar berildi hamda taqdimotlar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda ingliz tili, informatika hamda fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

TIZIMDAGI KADRLAR MENEJERLARI OʻZARO TAJRIBA ALMASHDI

🤩 Agentlik tomonidan tizimdagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha yoʻnalishlardagi mutaxassislarning bilim va malakalarini oshirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kadrlar boʻyicha menejerlari faoliyatini tizimli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

Unda kadrlar bilan ishlash boʻyicha hujjatlarni yuritish, hrm.argos.uz  va EDO.IJRO.UZ platformasida ishlash tartiblari kabi masalalar yuzasidan zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʻz ish faoliyatlari boʻyicha tajriba almashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Agentlik tizimidagi ijod maktablarida 2024-yil 23-25-dekabr kunlari ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika va biologiya fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar
#kasbiy_rivojlanish

🤩 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida san’at (Art) fanini STEAM ta’limida qoʻllash boʻyicha koʻrgazmali uslubiy seminar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar Art fani oʻqituvchilari ishtirok etib, oʻquv-amaliy mashgʻulotlar, taqdimotlar, mahorat darslari yordamida STEAM ta’limida Art fanining oʻrni va ahamiyati, oʻqitish metodikasidagi zamonaviy usullar va ularni samarali qoʻllash boʻyicha oʻzaro tajriba almashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#kasbiy_rivojlanish

🤩 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Qoʻngʻirot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kasbiy rivojlanish, oʻquv-tarbiya ishlarida zamonaviy yondashuv yoʻnalishida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar pedagog-tarbiyachilari, psixologlar ishtirok etib, oʻquv-tarbiya ishlarida taʼsirchan usullar, taʼlim jarayonida zamonaviy yondashuvlar, ota-onalar bilan hamkorlik borasida oʻzaro tajriba almashib, yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

Seminar ixtisoslashtirilgan maktablardan saralangan tajribali pedagog-xodimlar, psixologlar tomonidan nazariy-amaliy mashgʻulotlar, taqdimotlar, mahorat darslari shaklida olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun hududlar kesimida seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻqituvchilari uchun ham ayni yoʻnalishdagi seminar-trening “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilgan ushbu seminar-trening Toshkent shahridagi Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulotlari hamda taqdimotlar shaklida olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#seminar_trening

🤩 Guliston shahridagi Prezident maktabida Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimizdagi elchixonasi RELO (Regional English Language Office) boʻlimi bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi.

Unda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning STEM hamda ingliz tili fanlari oʻqituvchilari ishtirok etdi. Seminar-trening "Loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida RELO vakillari tomonidan olib borildi.

Tadbir davomida qiziqarli va interfaol oʻyinlar oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻzlari uchun muhim va foydali maʼlumotlarga ega boʻldi. Shuningdek, RELO vakillari tomonidan tadbirda qatnashgan oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar taqdim etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabiga biriktirilgan Jizzax shahridagi 4-, 8-, 13-, 14-, 17-, 18- hamda 31-umumta’lim maktablarining rahbar xodimlari va malakali pedagoglari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur maktablarning oʻquv jamoalari uchun tashkil etilgan seminar-trening davomida, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va ChSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilib, zarur metodik tavsiyalar berildi.

Ta'lim muassasasida jamoaviy va sog’lom muhitni yaratishga qaratilgan mazkur trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM