Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Barcha yosh fermerlarga salom!

📚 Bugun Nukusda issiqxonalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminarda o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham tinglovchi sifatida ishtirok etishdi. FAO mutaxassislari ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘zlab berdilar, shuningdek, pomidor, bodring, qovoqcha va sovuqqa chidamli ko‘k sabzavotlarni yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha tajribalarini o‘rtoqlashdilar. Keyin esa ishtirokchilar issiqxonada o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlab oldilar.

#YoshFermer

👋😊 Всем юным фермерам привет!

📚 Сегодня в Нукусе на семинаре, посвящённому эффективному использованию теплиц за парту сели и ученики, и учителя. Эксперты ФАО рассказали участникам механизм начала предпринимательской деятельности в области сельского хозяйства, поделились навыками технологии выращивания томатов, огурцов, кабачков, холодостойких зелёных овощей. Затем участники закрепили полученные знания на практических занятиях в теплице.

#ЮныйФермер

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#OWAO_2024

🤩 GʻOLIBLAR KUTIB OLINDI

🔭Sochi shahrida boʻlib oʻtgan 3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasi sovrindorlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mas'ullari ishtirok etib, sovrindorlarni samimiy qutladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur olimpiadada terma jamoamiz aʼzolari 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz uchun ajoyib yangilik

Joriy yilning 15-oktabr kuni "Yangi O'zbekiston" universitetiga tarixda ilk bor Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti professor Erik Grimson tashrif buyurmoqda. U bilan ochiq muloqot o'tkaziladi.

💫 Erik Grimson 1984-yildan beri Massachusetts texnologiya institutida faoliyati olib boradi. O‘zining ko‘p yillik tajribasi bilan ushbu oliygohni yuksalishida, jumladan ta’lim sifatini oshirishda asosiy rol o'ynagan ta'lim ekspertlaridan hisoblanadi.

☑️ Biz ushbu muloqotga yurtimizning barcha ta'lim muassasalari vakillarini taklif qilmoqchimiz. Muloqot ta'lim sohasida birlashishimiz va yurtimizda dunyo miqyosidagi ta'lim muhitini yaratishimiz uchun muhim qadam bo'lishiga ishonaman.

🔹Ochiq muloqotda qatnashing, bilimingizni oshiring, biz barchamiz birgalikda rivojlanamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo maktabida tanishuv va tajriba almashinuvi jarayonida qatnashmoqda.

Delegatsiya tarkibida Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining bir qator fan oʻqituvchilari va rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, ilmiy-pedagogik asoslar va umumiy yondashuvlar, Letovo taʻlim modeli bilan tanishish, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda Letovo maktabining direktori M.G.Mokrinskiy bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida taʻlim jarayonida infratuzilmalardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari, fanlararo aloqadorlik, baholash tizimi, STEАM yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida soʻz yuritishdi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"International inclusive hub"da kreativ va IT industriyaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi imtihonli qabul o‘tkazilmoqda: Teatr san’ati, Zamonaviy keramika, Rangtasvir, Fashion-dizayn, Media, Robotexnika va mexatronika, Grafik dizayn, 3D modellashtirish, AKT.

Yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirish uchun Polimoda dizayn va moda instituti direktori Massimiliano Jornetti tashrif buyurdi. Mashhur italiyalik dizayner shaxsiy kolleksiyani yaratishda nimaga e’tibor qaratish kerakligi, milliy merosdan qanday foydalanish, stereotip fikrlash chegaralaridan chiqish, nima ilhom manbai bo‘lishi mumkinligi va moda olamida o‘z brendini qanday targ‘ib qilish haqida so‘zlab berdi. Xabdagi Fashion-dizayn yo‘nalishining birinchi qabul o‘quvchilari o‘z ishlarini namoyish etishdi va ustoz dizaynerdan foydali maslahatlar olishdi.

В International inclusive hub проходит первый экзаменационный набор по следующим направлениям в креативной и IT-индустрии: Театральное искусство, Современная керамика, Живопись, Fashion-дизайн, Медиа, Робототехника и мехатроника, Графический дизайн, 3D-моделирование, ИКТ.

Поддержать и вдохновить юных дизайнеров приехал директор Института дизайна и моды Polimoda Массимилиано Джиорнетти. Знаменитый итальянский дизайнер рассказал, на что нужно обращать внимание при создании собственной коллекции, как использовать национальное наследие, выходить за рамки стереотипного мышления, что может послужить вдохновением и как продвигать свой бренд в мире моды. Ученики первого набора Fashion-дизайн в Хабе продемонстрировали свои работы и получили конструктивные советы от мэтра.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube