Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.36K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

🏛 TALABALAR YOTOQXONASI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI

Agentlik tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida 2024/2025-oʻquv yilidan respublikamizning turli hududlaridan kelib, oʻqiydigan talabalar uchun yotoqxonaga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

💫 Yotoqxonada yashashga ehtiyoji bor talabalar quyidagi havolaga kirib, soʻrovnomani toʻldirishlari talab etiladi.

👉 Ariza topshirish

📌 Ma’lumot uchun, yotoqxonaga qabul qilishda eng avvalo talabalarning ijtimoiy kelib chiqishi inobatga olinadi.

Shuningdek, telegram orqali @ym_prorektori_bot ga bogʻlanib, ijarada turish boʻyicha yordam olishingiz mumkin.

❗️“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 2024/2025-oʻquv yili 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun 19-avgust sanasidan boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university
#soʻragan_edingiz

KUTISH RO‘YXATI (PENDING LIST)DA TURGAN TALABGORLAR O‘QISHGA QABUL QILINADIMI?

Agentlik tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universitetiga o‘qishga imtihon topshirgan va shaxsiy kabinetida kutish ro‘yxati (pending list)da turgan talabgorlar imtihondan o‘tganini, ammo tanlagan yo‘nalishiga ajratilgan kvota cheklanganligi bois kutish statusida ekanini bildiradi.

💫 Kvota doirasida bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda kutish ro‘yxatidagi talabgorlar ballar ketma-ketligi asosida yuqoridan pastga tartibida o‘qishga taklif etiladi.

📆Ushbu talabgorlar statusi 15-avgustga qadar o‘zgarishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatga qadar shaxsiy kabinetingizni tekshirib borishni tavsiya etamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university
#xalqaro_ilmiy_konferensiya

🤩 Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida Oʻzbekiston va Xitoy olimlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida vakillik nazariyasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu muhim ilmiy anjuman doirasida nafaqat Oʻzbekiston hamda Xitoy, shunindek, Janubiy Koreya, Chexiya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning yetakchi olimlari oʻzaro tajriba almashib, sohadagi eng soʻnggi yutuqlarni muhokama qilishadi.

Konferensiya ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, matematik va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish uchun ham katta ahamiyatga egadir.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti ilm-fan taraqqiyoti uchun muhim maydon boʻlib, ushbu tadbir kelgusida yanada koʻplab xalqaro ilmiy loyihalarga zamin yaratadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi

Universitetda birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun har yili an’anaviy tarzda Tanishtiruv haftaligi oʻtkazilib, talabalarni universitet hayoti va ta’lim jarayonlariga moslashtirish maqsad qilingan.

Tanishtiruv haftaligining oxirgi kunida “Talabalik muborak” deb nomlangan tadbir tashkil etilib, unda oʻtgan o‘quv yili davomida koʻplab yutuqlarga erishgan faol talabalar turli nominatsiyalarida taqdirlandi.

Shuningdek, Talabalar kengashi prezidenti inauguratsiyasi va hafta davomida tashkil etilgan turli intellektual oʻyinlar va sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan 1-bosqich talabalari ham taqdirlandi.

Yangi oʻquv yili davomida talabalarimizning oʻqishlariga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#new_Uzbekistan_university

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 1 105 nafar boʻlib, shundan 233 nafarini qizlar tashkil etadi.

276 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 198 nafar talabaning 107 nafari qizlardan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️ “Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari tashkil etildi

Tayanch doktorantura ixtisosliklari:
🔹01.01.06 - Algebra;
🔹01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi;
🔹01.04.02 - Nazariy fizika;
🔹01.04.08 - Atom yadrosi va elementar zаrrасhаlаr fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika;
🔹05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv vа ахbоrоtni qayta ishlash;
🔹05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dаsturlar majmui;
🔹05.02.02 - Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari,
🔹05.05.06 - Qayta tiklanadigan еnеrgiуа turlаri аsоsidаgi energiya qurilmalari;
🔹08.00.13 - Menejment.

✔️ Doktorantura ixtisosliklari:
🔸01.01.06 - Algebra;
🔸08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti.

📆Hujjatlar yagona elektron tizim orqali 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi: daraja.ilmiy.uz

📺Ariza topshirish boʻyicha video yoʻriqnoma

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIDA “MEMORANDUMLAR KUNI” O‘TKAZILDI

"Yangi Oʻzbekiston" universitetida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish va mustahkamlash, turli darajadagi tadbirlarni birgalikda amalga oshirish maqsadida oliygohlarning Talabalar kengashi prezidentlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda yurtimizning oʻnga yaqin eng ilgʻor oliy taʼlim muassasalari ijtimoiy hayotni rivojlantirishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Mazkur kelishuv ushbu oliygohlarda ijtimoiy hayotni yanada yaxshilash, talabalar oʻrtasida doʻstlik va birdamlikni kuchaytirish ishlari samaradorligiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university
#xalqaro_hamkorlik

🤩 “YANGI OʻZBEKISTON” UNIVERSITETIGA GERMANIYA DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

Germaniyaning Bavariya federal oʻlkasi Davlat kanselyariyasi Xalqaro munosabatlar departamenti rahbari oʻrinbosari Kristof Shtyokle boshchiligidagi delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolari universitetning talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari bilan tanishdi.

Shuningdek, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda zamonaviy o‘quv dasturlarni ishlab chiqish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Kristof Shtyokle universitetning zamonaviy imkoniyatlarini yuqori baholadi va hamkorlikning yangi bosqichlari ochilishi uchun mustahkam asos mavjudligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️ “OʻZBEKISTON YOSH IQTISODCHILARI HAMJAMIYATI” XAKATONI BOSHLANDI

🤩 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida 7–8-dekabr kunlari iqtisodiyot boʻyicha xakaton oʻtkazilmoqda.

Xakatonda respublika boʻylab 150 dan ortiq yoshlar oʻz jamoalarini bilan qatnashib, yurtimizning turli hududlaridagi dolzarb iqtisodiy muammolarga oʻz yechimlarini tayyorlashmoqda.

📝 Xakaton davomida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “UZCARD” va Kapitalbankning tajribali mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

🤩 “Yangi Oʻzbekiston” universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Maʼlumot uchun, universitet tomonidan yil davomida jami 537 ta tadqiqot ishlari amalga oshirilib, ularning natijasi dunyoning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etildi.

Jumladan, dunyoning eng top 1% jurnallarda 9 ta, top 10% jurnallarda 136 ta, Q1 reytingiga kiruvchi jurnallarda 338 ta va Q2 reytingida turuvchi jurnallarda 158 ta maqola chop etilgan.

Shuningdek, universitet tadqiqotchi olimlarining ikkita kitobi nashr etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Talabalarimiz 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti
bilan taqdirlandi

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalaridan iborat jamoa "President Tech Award" tanlovining Mikro-SaaS va AdTechdagi texnologik yechimlar yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Talabalar taqdim etgan loyiha hakamlar tomonidan eng yaxshi deb topilib, 100 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university

Hogwarts yozgi oromgohi mentorligiga qabul boshlandi

Xabaringiz bor, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari tomonidan Hogwarts maktabi tashkil etilgan boʻlib, har yili yoshlar uchun yozgi oromgoh va turli loyihalar tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu maktab bilimli, shijoatli va yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazishga tayyor mentorlarni oʻz safiga qabul qiladi.

Mentorlik ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi bosqich 2,5 oy davomida turli loyihalarni amalga oshirishda onlayn koʻmaklashish va baholashdan iborat.

Shuningdek, 1 haftalik yozgi oromgohda mahorat darslari, loyihalarni rivojlantirish va turli tashkiliy masalalarda yetakchilik qilishingiz kerak bo'ladi.

📝 Roʻyxatdan o'tish
🗣 Batafsil

Mentorlik oʻz bilim va tajribangizni yanada oshirib, kelajakda muhim koʻnikmalarni rivojlantirishingizda muhim qadam boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM