Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.8K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.45K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHIDA KUCHAYTIRILGAN O‘QUV-MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda oromgohda iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz mazmunli hordiq chiqarmoqda. Yoshlarga 20 dan ziyod malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh.

Dam olish maskanida STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, "Zakovat" intellektual tanlovi yoshlarga o‘z bilimlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, jurnalistika yo‘nalishida o‘tkazilayotgan seminarlarda o‘quvchilarga maqola yozish, intervyu olish va reportaj tayyorlash usullari o‘rgatilmoqda. Shu bilan birga psixologik, jamoaviy ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazilmoqda.

Oromgohda "Mohir qo‘llar", "Zakovat", rus tili, robototexnika, drama, suzish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, kiber sport, mini futbol, basketbol, voleybol, "Foord Renessans", "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
🟨🟨🟨🟨🟨

⚡️Xalqaro matematika musobaqasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 18 ta medalni qoʻlga kiritdi.


📆 Shu yilning 26-31-iyul kunlari Hindistonda 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika musobaqasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza medallari qoʻlga kiritildi.

🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat boʻlib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

📝Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
🥇Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi;
🥇Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi;
🥈Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;
🥉Gʻaffarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf oʻquvchisi.

📝Kichik yoshlilar jamoasida(Key Stage II):
🥇Mahkamova Dildora Begimqul qizi – Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi;
🥈Ostonov Baxtiyor Botirovich – Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi;
🥉Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi;
🥉Mamajanov Azizbek Raxmonali oʻgʻli – Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi.

🗣Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan oʻquvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi.

📝Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
🥈Aslonov Asadbek Qahramon oʻgʻli – Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11 sinf oʻquvchisi;
🥉Diyorov Davronbek Dilmurod oʻgʻli – Kattaqoʻrgʻon tumani, 48-maktabning 9-sinf oʻquvchisi;
🥉Rasulov Muhammadali Fayyoz oʻgʻli – Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi;
🥉Radjabov Abdulaziz Umid oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 8-sinf oʻquvchisi;
🥉Norkulov Zufar Yoqubjon oʻgʻli – Gʻuzor tumani, 45-maktabning 8-sinf oʻquvchisi.

📝Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):
🥈Kamolov Kamronbek Madad oʻgʻli – Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf oʻquvchisi
🥉Olimboyev Muhammad Yusufboy o'g'li – Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchisi;
🥉Sattorov Abbos Zafar oʻgʻli – Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi;
🥉Ubaydullayev Umarbek Olimjon oʻgʻli – Sergeli ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf oʻquvchisi;
🥉Mardonov Muhammadshoh Mirshod oʻgʻli – Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf oʻquvchisi.

💫 Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#natija_2024

🌐 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari hududlar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗 https://portal.piima.uz/page/results

🌐Qolaversa, Agentlik tomonidan mandat.piima.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi.

🗣Ushbu platforma orqali Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchining imtihondan olgan natijalarini ariza raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami boʻyicha aniqlash, shuningdek, maktablar kesimida imtihon natijalarini roʻyxatini koʻrish imkoniyati mavjud.

📍Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

Matematika fani oʻqituvchisi;
Biologiya fani oʻqituvchisi;
Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tili) fani oʻqituvchisi;
Texnologiya (informatika, robototexnika) fani oʻqituvchisi;
Sanʼat (tasviriy sanʻat, chizmachilik) fani oʻqituvchisi.

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫 Talabgor oʻqituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega boʻlishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥 Hujjatlarni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar ushbu manzilga yoki quyidagi telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞 945774717
📞 995500444

📍Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov koʻchasi, 1-uy.
📌Mo‘ljal: “Oʻzbekiston” mehmonxonasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM