Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.2K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
🟨🟨🟨🟨🟨

⚡️O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

🗣Ma’lumot uchun joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.


📝 Sovrindorlar bilan tanishing:

🥇Daler Rahimov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi - OLTIN MEDAL;

🥈Axror Baxodirov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;

🥈Saida Abdullayeva – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM  11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;

🥉Mirjahon Muhammadov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi - BRONZA MEDAL.

Ushbu yutuq bilan o‘quvchilarimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHIDA KUCHAYTIRILGAN O‘QUV-MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda oromgohda iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz mazmunli hordiq chiqarmoqda. Yoshlarga 20 dan ziyod malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh.

Dam olish maskanida STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, "Zakovat" intellektual tanlovi yoshlarga o‘z bilimlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, jurnalistika yo‘nalishida o‘tkazilayotgan seminarlarda o‘quvchilarga maqola yozish, intervyu olish va reportaj tayyorlash usullari o‘rgatilmoqda. Shu bilan birga psixologik, jamoaviy ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazilmoqda.

Oromgohda "Mohir qo‘llar", "Zakovat", rus tili, robototexnika, drama, suzish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, kiber sport, mini futbol, basketbol, voleybol, "Foord Renessans", "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.