Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.5K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.37K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilindi.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari

🤩 Bugun, 29-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 44 nafar talabgor, shundan:

📍Guliston shahridagi Prezident maktabiga 11 nafar;
📍Navoiy shahridagi Prezident maktabiga 3 nafar;
📍Nukus shahridagi Prezident maktabiga 10 nafar;
📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar;
📍Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar;
📍Termiz shahridagi Prezident maktabiga 8 nafar oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#bilimlar_kuni

🤩 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda faxriy mehmonlar soʻzga chiqib, boshlangan yangi oʻquv yili bilan oʻquvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod etdi.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
#AQSH
#Fulbright

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Muborak Hazratqulova AQShda amaliyot oʻtamoqda.

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun AQShda 6 hafta davomida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturini eʼlon qilgan edi.

Muborak Hazratqulova ham ushbu dasturda ishtirok etib, ayni vaqtda AQSHning Kolorado shtatida Shimoliy Kolorado Universitetida malaka oshirish kursida qatnashmoqda va Amerika maktablarida tajriba almashmoqda.

Mazkur dastur doirasida oʻzbek madaniyati va anʼanalari amerikalik maktab oʻquvchilariga tanishtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dars_jarayoni
#Prezident_maktablari

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida zamonaviy yondashuv fani doirasida 7-sinf oʻquvchilari uchun “Qonun va jinoyat” mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar tomonidan amerikalik bolalar yozuvchisi Doktor Syuzning “Loraks” asari asosida sud jarayoni sahnalashtirildi. Sud jarayonida asar qahramoni Vonsler daraxtlarni kesib, tabiatga ziyon yetkazish va havoni ifloslantirilishda aybdor deb topildi.

Qiziqarli dars jarayoni oʻquvchilarga mavzuni mukammal oʻzlashtirishga yordam berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️KEMBRIJ SINFIDA BIRINCHI QO‘NG‘IROQ CHALINDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun mazkur sinflarda birinchi qoʻngʻiroq chalinib, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar uchun darslar boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#Prezident_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#Prezident_maktablari_tajribasi

🤩Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi maktablarining robototexnika va san’at (Art) fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening doirasidagi oʻquv-amaliy mashgʻulotlar Prezident maktabining robototexnika, dasturlash, san’at (Art) yo‘nalishlaridagi fan oʻqituvchilari hamda toʻgarak rahbarlari tomonidan olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan xalqaro ta’limda robototexnika va san’at (Art) sohalarining oʻrni va ahamiyati haqida taqdimotlar ham oʻtkazildi. Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasidagi “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#Prezident_maktablari_tajribasi

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻqituvchilari uchun "Oʻquvchilar diqqatini jamlashda yangi usullar" mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar mashgʻulotlari Prezident maktabining psixolog hamda pedagog xodimlari tomonidan olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM