Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ijodiy_olimpiada
#1_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar

⚡️IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI

Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ish yuritish, ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlashni samarali va to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida onlayn o‘quv amaliy seminari tashkil etilmoqda.

Seminar joriy yilning 24-30-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Buxoro viloyatlarida joylashgan jami 49 ta ta’lim muassasalarining ijro nazoratiga mas’ul direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar davomida har bir tashkilotda yuritilayotgan va doimiy saqlanishi belgilangan hujjatlar, topshiriqlarning nazoratini kuchaytirish, xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida soʻz bordi.

Har bir ta’lim muassasasida bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishildi va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berib o‘tildi. Shuningdek, mas'ul xodimlarning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkilotda ish yuritish, ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlashni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mazmuni tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#moliyaviy_savodxonlik

OʻQUVCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

Agentligimiz tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini oʻquvchilari uchun Turonbank aksiyadorlik tijorat banki bosh ofisi hamda Toshkent shahar bank xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirildi.

Mazkur sayohat doirasida bank mutaxassislari bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizda bank-moliya sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni kasbga yoʻnaltirish bilan birga, ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasining navbatdagi soni
taqdim qilindi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
oʻtkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida futbol boʻyicha "Maktab chempionati"
boshlandi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik
tayyorladi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Feruza Toylibaeva "Eng yaxshi diplomatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchisiga
aylandi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da
ishtirok etdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Qarshi davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Bitiruvchilar bogʻi"ga
asos solindi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov yoshlar oʻrtasida bel olish va uch kurash boʻyicha Eronda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan goʻshalarga
sayohat qildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz jinoyatchilikka qarshimiz!" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Gullar va qushlar bayrami
oʻtkazildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Behruz Xolmurodov "Yoshlar ovozi Boʻzatov – 2024" tanlovining Respublika bosqichi yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda
#24apr #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube