Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.3K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#qizlar_olimpiadasi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Qizlar olimpiadasi"ning maktab bosqichi boʻlib oʻtdi.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishdi.

🗺Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalariga yangi qabulning birinchi darslari boshlandi. Bolalar 3 ta — dizayn, media va teatr san’ati yo‘nalishlariga bu safar 256 ta ariza yo‘lladi.

Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval bolalar, tanlangan yo‘nalishdan kelib chiqib, ijodiy imtihondan o‘tdilar. Unda tajribali pedagoglar nomzodlarning kreativ fikrlash va o‘z-o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini baholadi. Kelgusida "Zamin Creative" studiyalarida o‘qish bolalarga jamoada ishlashga o‘rganish, tanlangan sohada o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga yordam beradi hamda bo‘lajak professional faoliyatiga boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#amaliyot

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari Surxondaryo viloyatidagi bank va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashdi.

Hamkorlik memorandumiga asosan tashkil etilgan ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashni nazarda tutadi.

Suratlarda: o‘quvchilar "O‘zmilliy bank" AJ Qumqo‘rg‘on bank xizmatlari markazi va "Termiz National Carpets" MCHJga qarashli "SUF CARPETS" gilam ishlab chiqarish fabrikasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Jizzax shahridagi Prezident maktabida maktabning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Olimjon Oʻktamov, Samandar Xolmoʻminov, Behruzjon Meliboyev ishtirokida viloyatdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bitiruvchilari uchun jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
#Jizzax_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda erishilayotgan yutuqlar haqida "Najot — bilimda" ko‘rsatuvida keng yoritildi.
#Xorazm_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi

Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi.

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon shahridagi Prezident maktabi jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari Andijon viloyati musiqali drama teatrida “Bobur sog‘inchi” nomli spektaklni tomosha qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube