Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Munosib_tuhfa
#Yangi_maktab

QORAQALPOGʻISTONDA YANGI IXTISOSLASHGAN MAKTAB-INTERNATI OCHILDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari B.Utemuratov, tuman hokimi J.Ermashev, tuman sektor boshliqlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, bu yil qabul jarayonlarida Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻqishini davom ettirish uchun 3000 dan oshiq oʻquvchilar hujjat topshirgan boʻlib, shundan 247 nafari imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Mazkur maktab-internatning ayni bayram arafasida ochilishi maktab jamoasi uchun Yangi yilga munosib tuhfa boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xavfsiz_yangiyil

Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?

↪️ Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yilingiz_bilan

Xorijlik professorlardan o‘zbek tilidagi tabriklar


“Yangi O‘zbekiston" universitetida Germaniya, Xitoy, Koreya, Eron, Misr, Turkiya, Portugaliya va Pokistondan kelgan xorijlik professor-o‘qituvchilar barcha yurtdoshlarimizga o‘zbek tilida yangi yil tilaklari bildirishdi.

#new_year #tabriklar #professors

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan muborakbod etadi!


Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun barcha jabhalarda barakali yil boʻldi, deyishimizga barcha asoslarimiz bor.


“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da ham Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu yil qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham ta’lim sifati va o‘qituvchi maqomini oshirish masalasi Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylanganidan dalolat beradi.

Prezidentimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori sababli Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning bir qismigina aks ettirilgan videolavhani eʼtiboringizga havola etmoqchiman.

Erishilgan yutuq va natijalar bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Lekin jonajon xalqimiz oldidagi hisobdorlik masʼuliyatni bir soniya ham esdan chiqarishga haqqimiz yoʻq. Bu yil ham oldimizga ulkan marralarni qoʻyganmiz, farzandlarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ishonamanki, 2024-yil yakunlari boʻyicha ham siz azizlarning oldingizda yuzimiz yorugʻ boʻladi.


Aziz hamyurtlar, muhtaram ustoz va murabbiylar, ilmga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yilingiz bilan tabriklayman! Barcha ezgu tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin!

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oʻqishlaringizda yuksak zafar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi


2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili".

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IT_oromgohi_2024

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan anʼanaviy Raqamli Avlod IT oromgohining qishki mavsumiga start berildi!

Mazkur oromgoh shu yilning 5–9-yanvar kunlari offlayn va onlayn formatda boʻlib oʻtadi.

Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Onlayn yoʻnalishlar:
🔹.Net;
🔹Web Dizayn;
🔹AI (Tools);
🔹Front-end;
🔹No coding;
🔹Python.

Offlayn yoʻnalishlar:
🔸Raqamli dizayn;
🔸3D dizayn;
🔸Kibersport (Dota 2);
🔸Robototexnika;
🔸Website (no coding).

Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (onlayn va offlayn) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi!

📝Roʻyxatdan oʻtish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offlayn yoʻnalish uchun joylar chegaralangan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon

Yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” boʻlib oʻtmoqda.

Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda boʻlishdi.

Harbiy qism maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan reja asosida bir qancha tadbirlar tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning maʼnan yetuk boʻlib ulgʻayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to'g'risida" 1991-yil 6-sentabrdagi PF-243-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube