Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
69.5K subscribers
20.9K photos
2.63K videos
72 files
7.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Oʻqituvchilar_qurultoyi
#Qoraqalpogʻiston

Qoraqalpog‘istonlik 1200 nafar o‘qituvchi yuqori oylik maoshi olib kelmoqda

🔴 Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "O'qituvchilar qurultoyi" tadbirlarining navbatdagi uchrashuvlari Nukus shahrida bo'lib o'tdi.

"Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etishdi.

Samimiy muloqot shaklida davom etgan tadbirda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda kelgusida mo‘ljallangan rejalar atroflicha muhokama etildi.

Vazir Hilola Umarova: Davlatimiz rahbarining “men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, deb ta’kidlashim bejiz emas. Chunki ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz...”, — degan xalqchil e’tirofi har bir o‘qituvchi qalbiga iftixor bag‘ishlashi, uni yanada mas’uliyat bilan ishlashga undashi, tabiiy.


❗️ Ushbu yuksak e’tibor natijasida pedagoglarimizni oylik maoshi bosqichma-bochqich oshib bormoqda. Hozirda mamlakatimizdagi 30 ming nafarga yaqin, shundan 1200 nafar qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar yuqori oylik maoshi olib kelayotgani ham fikrimiz tasdig‘idir.


⚡️Qurultoy doirasida 120 nafardan ortiq o‘qituvchi va ustozlar ishtirokida boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.

⚡️ Tadbir doirasida 7 nafar ustoz“Ta'lim a'lochisi” ko’krak nishoni bilan, 10 nafar o’qituvchi esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📶 ZAMONAVIY METODIKA OLIS HUDUD PEDAGOGLARI BILAN

🗺Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika, ingliz tili, tarix hamda fizika fani o‘qituvchilari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi olis Ko‘rpasoy qishlog‘ida joylashgan 41-umumta’lim maktabida “O‘rganamiz, o‘rgatamiz” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

📝Unda trenerlar tomonidan o‘quvchilar bilan ishlashda yangicha ta’lim uslublaridan foydalanish, har bir o‘quvchining qiziqish va istaklaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonlarida qo‘llanilishi muhim bo‘lgan dasturlarni o‘rganish, dars mashg‘ulotlarini amaliyotga bog‘lagan holda tashkil qilish muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda o‘qituvchilar o‘quvchilar ishtirokida interaktiv o‘yinlar va vazifalarni jamoaviy va yakka tartibda qo‘llash usullarini tajribadan o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Har biringiz — davlatimiz boyligisiz" — Saida Mirziyoyeva

Tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari uchun Prezident administratsiyasiga ekskursiya uyushtirildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB_sinovlari

Bugun Agentligimiz tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida II chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) sinovlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur sinovlar 7-, 8-, 9-, 11- sinflarda offlayn, 10-sinflarda esa yangidan joriy etilgan maxsus platforma orqali tajriba-sinov tariqasida birinchi marotaba onlayn tarzda tashkil etildi.

🗣Maʼlumot uchun, ChSB savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Sinovlar Agentlikdan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borilmoqda.

🗺Hududlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM