Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ChSB_imtihonlari
#ijod_maktablari

🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Ijod maktablarida II-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📝20-22-dekabr kunlari onlayn tarzda oʻtkaziladigan mazkur sinovlar test shaklida boʻlib, adabiyot, ona tili, tarix, ingliz tili hamda matematika fanlaridan boʻlib oʻtmoqda.

Sinovlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan onlayn kuzatib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda Prezidentimiz 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8-sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#rahbar_va_yoshlar

“Yoshlar forumi 2023” doirasida 21-22-dekabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik faollari va yoshlar oʻrtasidagi uchrashuvlar rejasi bilan tanishing.


Bugun soat 11:00 da "Yoshlar ijod saroyi" binosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova bilan yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

#yoshlarbilanuchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mehr_muruvvat

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli "Mehribonlik uyi"da xayriya tadbiri tashkil etildi.

📆 Tashkil etilgan mazkur tadbirda oʻquvchilarimiz ijrosidagi sahna koʻrinishlari, badiiy chiqishlar, raqs va qoʻshiqlar taqdim etildi.

🫥 Bu kabi dastur va loyihalar jismonan imkoniyati cheklangan bolalarning taʼlimda, jamiyat hayotida boshqalar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, ularning huquq va manfaatlari inobatga olinishini taʼminlashni nazarda tutadi.

🔴Tadbir soʻngida "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari uchun maxsus sovgʻalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM