Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.2K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari bugun Chungcheongnam-do taʼlim departamenti va "Play Mathematics" fan markazi faoliyati bilan tanishdi.

🗺 Chungcheongnam-do taʼlim departamenti boshligʻi Kim Ji Chol va departament masʼullari bilan oʻtgan uchrashuvda
kadrlar almashinuvi dasturlarini tashkil etish;
oʻquvchilar almashinuvi dasturlarini joriy qilish;
IT va robototexnika sohalarini yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish singari qator masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🗺 Keyingi manzil – "Play Mathematics" fan markazi boʻldi. Bu yerdagi shart-sharoitlar, oʻqitishning innovatsion metodlari, aniq va tabiiy fanlardan olingan bilimlarni laboratoriya va amaliyotda qoʻllash yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Oʻzbekistonda ham ushbu markazga oʻxshash Fan markazlarini tashkil qilish yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_islohotlar_haqida

"Zamonaviy taʼlim – direktorlar nigohida" mavzusida "Direktorlar kengashi" aʼzolari uchun tashkil etilgan trening ishtirokchisi, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Homidjon Rahimov amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqida oʻz fikrini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Direktorlar Kengashi aʼzolari uchun o‘quv seminar
#uzbekiston24

▶️ 01:22 – Eldor Mirzayev, Oqqorg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori.

▶️ 01:53 – G‘afur Tog‘ayev, Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori.

▶️ 02:07 – Maʼmura Tojiboyeva,
Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#adabiy_ushrashuv

QORAQALPOG‘ISTONDA ADABIYOT BAYRAMI

Qoraqalpog‘istonda oʻtkazilayotgan "Adabiyot kunlari" doirasida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Adabiyotlar do‘stligi — xalqlar do‘stligi" mavzusida ma’naviy-adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur, "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘zbek tilida "Qoraqalpoq adabiyoti namunalari" rukni ostida nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvilar uyushmasi tomonidan maktab kutubxonasiga yangi badiiy asarlardan iborat kitoblar sovg‘a qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiy_214_yoshda

📆 17-dekabr – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavallud topgan kun!

🗺Sana munosabati bilan bugun Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, Ogahiy ijod maktabi jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari Ogahiy qabri joylashgan “Shayx Mavlon bobo” qabristoniga bordilar.

🗣Shundan so‘ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o‘quvchilari mehmonlar bilan birgalikda ijod maktabi oldidagi ulug‘ mutafakkirning haykali poyiga gullar qo‘yib, o‘z hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar.

📝 Ijod maktabi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan "Ogahiyga ehtirom" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda "Ogahiy hamisha barhayot" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📸Bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy va adabiy tadbirlardan fotolavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM