Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir”.
Bugun “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ochilishida nutq so‘zlar ekanman, tilimizga bevosita aloqador bo‘lgan milliy alifbomizni isloh qilishdek juda dolzarb masalaga to‘xtaldim.
Misol uchun, bir qarashda oddiy tuyulgan imlo belgisi butun boshli Davlat va Millatning nomi xato yozilishiga sabab bo‘lmoqda. Biz bunday masalalarda hadeb bahslashavermay, tezroq qaror qabul qilishimiz muhim. Chunki, gap bizning Millatimiz, g‘ururimiz, yurtimiz nomi haqida ketyapti.
To‘g‘ri, alifbo islohoti yangi bahslar, tortishuvlar, ko‘zda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin yana bir bor ta’kidlayman, gap Vatan va Millat nomini to‘g‘ri yozish haqida ketar ekan, bunday bahs va tortishuvlarni bas qilishimiz, alifbodagi ayrim o‘zgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qat’iy nuqta qo‘yishimiz zarur, deb hisoblayman!
Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi
🗺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida XX asr o‘zbek she’riyati darg‘alarining tom ma’nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 114 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
📝 Unda professor Usmonjon Qosimov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i Iqboloy Umarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova shoir ijodi va hayot yo‘li haqida ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
✅ Tadbirda baxt va shodlik kuychisi — Hamid Olimjonning "Jangchi Tursun" balladasidan "Ona monologi" sahnaviy ko‘rinishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raisa Abdullayeva va o‘quvchilar tomonidan namoyish etildi.
⚡️ O‘quvchilar mohir isteʼdod sohibi Hamid Olimjonning she’rlaridan namunalar aytishdi.
🗣 Tadbir so‘ngida "Barhayot jilolar" ijodiy ishlar tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
🗺 Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori G‘afur Tog‘ayev "Mening yurtim" telekanalining "Omon-omon" dasturi mehmoni bo‘lib, Buyuk Britaniya taʼlim tashkilotlari bilan o‘zaro tajriba almashish taassurotlari bilan bo‘lishdi.
📆 Maʼlumot uchun, shu yilning 19-noyabr – 2-dekabr kunlari maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida malaka oshirib qaytishgandi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
⚡️ Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyada oʻtkazilgan I Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida (ISPhO-2023) 2 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qoʻlga kiritdi!
📆 Joriy yilning 4-11-dekabr kunlari Moskva fizika-texnika instituti tomonidan 1-Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasi tashkil etildi. Ushbu olimpiada 2023-yilda Respublika miqyosidagi olimpiadalarda gʻolib boʻlgan maktab bitiruvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
🗣 Mazkur olimpiadada 24 ta davlatdan jami 87 ta ishtirokchi matematik modellashtirishga asoslangan nazariy fizika boʻyicha ilmiy masalalarni bajarishdi.
✅ Olimpiadada ishtirok etgan 4 nafar Oʻzbekiston terma jamoasi vakillarining barchasi medallarga sazovor boʻldi!
📝 Xalqaro olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimiz bilan tanishing:
➖ Jaloliddin Boymahammadov – Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – KUMUSH medal va milliy OLMOS medali;
➖ Javohir Sultanov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – KUMUSH medali;
➖ Mirshodjon Rajabov – Moskva muhandislik-fizika instituti talabasi – BRONZA medali;
➖ Jasurbek Gʻulomjonov – Namangan viloyati Chust tumani 71-maktab bitiruvchisi – BRONZA medali.
📈 2024-yil 3-11-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan ISPhO-2024 olimpiadasida ham bilimga chanqoq yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_olimpiada
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿 🇰🇷 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida ANGLASHUV MEMORANDUMI imzolandi.
📝 Mazkur hujjat doirasida:
➖ STEM fanlari boʻyicha iqtidorli oʻquvchi va oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli onlayn va offlayn shaklda almashinish dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
➖ Tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro kadrlar almashuvi tizimini yoʻlga qoʻyish;
➖ Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi bilan tanishish hamda ularni Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari (STEM fanlaridan) va musobaqalariga tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
➖ Taʼlim tizimidagi yangiliklarni almashish uchun seminarlar tashkil qilish singari bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.
🗣 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlaridan iborat ta’lim delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.
✅ Delegatsiya a’zolari mazkur amaliy tashrif davomida Koreyada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rahbarlari uchun tashkil etiladigan amaliy seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslari hamda ta’lim jarayonlaridagi eng so‘ngi zamonaviy metodikalar bilan tanishishlari va bir qancha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
🗺 Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning tadbir haqidagi taassurotlari.
✅ Maʼlumot uchun, ularning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi
⚡️ Fargʻona shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Humoyun Vahobjonov AQSh va Malayziya universitetlaridan talabalikka qabul hujjati va grantlarini qoʻlga kiritishni boshladi.
🗺 AQSh:
➖ Wingate University – $108.000;
➖ University of Arizona – $52.000;
➖ University of Minnesota – $8.000.
🗺 Malayziya:
➖ Xiamen University – $5000.
🧮 Jami: $173.000.
📝 Maʼlumot uchun, Humoyun IELTS imtihonidan 6.5 ball, SAT imtihonidan 1390 ball sohibi boʻlgan.
🏛 Agentligimiz tizmidagi maktab oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishda davom etmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident boshqarayotgan Yangi O‘zbekiston jadidlar istaganidek, dunyoviy huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, sifatli ta’lim tizimini yaratish, so‘z erkinligi, ochiqlikni ta’minlash yo‘lidan dadil bormoqda”.
Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.
✅ Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.
📝 Seminar davomida:
➖ Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
➖ Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
➖ Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
➖ Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
➖ Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.
📆 Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿 🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari bugun ikki guruhga boʻlingan holda mamlakatdagi taʼlim tashkilotlari bilan tanishdilar.
🗺 Jumladan, birinchi guruh aʼzolari dastlab Chungcheongbuk-do provinsiyasining taʼlim departamenti hamda Fan va taʼlim boʻlimi masʼullari bilan uchrashib hozirgi kunda Oʻzbekistonda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ularga maʼlumot berdi.
📝 Tomonlar taʼlim jarayoni sifatini monitoring qilish tizimi va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha maʼlumot almashdilar. Kelajakda yaqin hamkorlik qilish va tajriba almashish boʻyicha Toshkent shahridagi Koreya ta'lim markazi hamda Chungcheongbuk-do provinsiyasining taʼlim departamenti oʻrtasida Memorandum imzolandi.
⚡️ Shundan soʻng, guruh aʼzolari Chungcheongnam-do taʼlim departamenti faoliyati bilan tanish, oʻzaro muzokaralar oʻtkazish maqsadida Chungcheongnam-do provinsiyasiga yoʻl oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM