Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bayramga_munosib_tuhfa

⚡️Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi
 
Maktabning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, barchani bosh qomusimizning 31 yillik ayyomi bilan qutladi hamda so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar chuqur bilimga ega, har taraflama barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

🏢 336 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu dargoh tumanning Mehnatobod mahallasida joylashgan sobiq mehribonlik uyi o‘rnida barpo etilgan bo‘lib, 8 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga to‘liq qayta ta’mirdan chiqarildi va har bir sinf xonalari innovatsion texnika jihozlari bilan boyitildi.

🗣Ayni paytda o‘quv muassasasida 40 nafar pedagog va texnik xodimlar ishga jalb etilgan bo‘lib, bu yerda 179 nafar yuqori sinf o‘quvchilari uchun jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boshqaruv_kengashi

🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident maktablari Boshqaruv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

📝 Unda Boshqaruv kengashining maqsad va vazifalari, Prezident maktablarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari, maktablarni xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyasidan oʻtkazish borasida olib borilayotgan ishlar, maktablarda ish yuritish hujjatlarini hamda zamonaviy xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish singari masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, yig’ilish doirasida Agentlik rahbari Konstututsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi va Bosh Qomusimizdagi ta’limga oid bandlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin olgan oʻquvchilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

📝Ularni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi masʼullari, ota-onalari va yaqinlari kutib olishdi.

Maʼlumot uchun, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM