Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
75.8K subscribers
21K photos
2.64K videos
73 files
7.68K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_dekabr
#34_yil

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida 1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Bebaho xazinam – Ona tilimsan" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiridan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
O’quvchilarimiz “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” tadbirida ishtirok etishmoqda

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdujalilov Saidaziz hamda 9 sinf o‘quvchisi Gʻulomov Paxlavon “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” da qatnashishmoqda.

Ular tanlovda o‘zlarining yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha ishlab chiqqan loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, “Zayed barqarorlik mukofoti” Birlashgan Arab Amirliklarining kashshof global mukofoti hisoblanadi.

❗️ Ushbu loyiha doirasida kelib tushgan 5 mingdan ortiq arizalar ichidan final bosqichiga chiqqan 33 ta ariza orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan 3 ta loyihadan biri bo‘ldi.

👉 Taqdirlash marosimini jonli efirda kuzating: https://www.youtube.com/watch?v=aDUhnXLayx8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

🗺Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi bo'lib o'tmoqda

Konferensiyada Microsoft kompaniyasida ko’p yillar davomida faoliyat yuritgan va hozirgi kunda ham ishlab kelayotgan xorijlik va mahalliy IT mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar ham o'tkazilmoqda.

📝 Jumladan:
Microsoft kompaniyasi hamjamiyat yaratuvchisi Martin Tatar – Microsoft hamjamiyati lider dasturlari mavzusida;
Besh yil davomida Microsoftda Muhandislik menejeri sifatida ishlagan Hassan Habib – Tizim dizayni va arxitekturasida zamonaviy naqshlar mavzusi;
Microsoftda Dasturlash muhandisi Vlad Ten – “Toshkentdan Microsoftgacha bo’lgan davrga sayohat” mavzusidagi ma’ruzalar qilishmoqda.

Yig‘ilganlar IT sohasiga doir yangi bilimlar olish, o‘zaro netvorkingni kuchaytirish va Microsoft kompaniyalaridagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga bordik.

Suhbat avvalida, Davlatimiz rahbarining har bir bolaga, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolajonlarga bo’lgan alohida e’tiborini va mehrini yetkazdik.

Uchrashuv davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari bizda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

🏆“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

📝Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM