Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#RaqamliAvlod
#DGContest

⚡️"Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining 1-bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

🌐Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtib, 2-bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan "Top 15" ishtirokchilar roʻyxati bilan Raqamliavlod.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

🗺Eslatib oʻtamiz, "DG Contest" musobaqasining final bosqichi 28-noyabr kuni 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar rejasi" tasdiqlangan.

Mazkur rejaning ijrosi yuzasidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Hayʼat_majlisi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosi hamda sohaga doir boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

❗️Qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishni ta’minlash uchun vazirlikning 2023-yil 15-sentabrdagi tegishli buyrug‘i asosida amaliy dasturlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Tadbirda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doir qator muhim masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil etildi.

✔️Yig‘ilish so‘ngida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1354

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

📆 Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

📝Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

🗣Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

❗️“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasiga asoslangan baholash tizimi joriy etilmoqda

🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan seminarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori o‘rinbosari Iroda Soibova, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Xudoyqulov, boshqarma xodimlari, baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab boshqarma boshlig‘i yangi baholash tizimining ahamiyati haqida fikr bildirdi. So‘ngra Agentlik mas’ullari tomonidan ushbu baholash tizimi haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, E-maktab.uz platformasi bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Seminar  ishtirokchilaridan kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

🗣Ma’lumot uchun, Sirdaryoda 22 ta umumta’lim maktablarida Ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining baholash tizimi joriy etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM