Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44K subscribers
18.3K photos
2.36K videos
70 files
6.78K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

XORAZM HAFTA ICHIDA | ROBO-CODING OLIMPIADASI OʻTKAZILDI
#xorazm_MTRK

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan olimpiada jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"ASSALOM,
XORAZM" | OGAHIY TAVALLUDINING 214 YILLIGI
#Xorazm_MTRK

Dasturda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, II-darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibi Muhabbat Jumaniyozova hamda tarix fani o‘qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi Nazokat Allamova ishtirok etdi.

🗣Suhbatdan so‘ng, ijod maktabida o‘zbek adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Ogahiy hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir haqida lavha namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_qurultoyi
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda erishilayotgan yutuqlar haqida "Najot — bilimda" ko‘rsatuvida keng yoritildi.
#Xorazm_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2024
#ishchi_guruh
#Xorazm

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Turon_yoʻlbarslari
#Xorazm
#Surxondaryo

🤩 Agentlikning Xorazm va Surxondaryo viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra,

📍 XORAZM VILOYATI:

🥇Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Vatanparvar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Urganch lochinlari” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Xiva shahridagi Prezident maktabining “Pahlavon Mahmud” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

📍 SURXONDARYO VILOYATI:

🥇Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Elparvar” jamoasi 1-o’rin;

🥈Termiz shahridagi Prezident maktabining “Desantchilar” jamoasi 2-o’rin;

🥉Denov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Denov yo’lbarslari” jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM