Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi

🏆 PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI YEVROOSIYO CHEMPIONI BOʻLDI

🗺Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Imronbek Kasimov xalqaro tanlovda gʻalaba qozondi.

🥇 Malayziyada boʻlib oʻtgan Xalqaro “Euroasian Spelling Bee Lexical Skills” tanlovining final bosqichida gʻalaba qozonib oltin medal va gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Foundation

Iqlim o‘zgarishi, Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik halokat, ta’lim inklyuzivligi, stigmaga barham berish masalalari.

Bolalar va yoshlar nafaqat tengqurlari, balki butun dunyo uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirmoqda.

Har bir bolaning ovozi eshitilsin!
20 noyabr, #ButunjahonBolaKunida O‘zbekiston bolalar huquqlarini himoya qilish va ilgari surishga sodiqligini tasdiqlab, "Dunyoni moviy rangga bo‘ya" global aksiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

#WorldChildrensDay
#ForEveryChildEveryRight

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_Angliyada
#birinchi_kun

🗺“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📝Unda:
Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi;
samarali boshqaruv uchun direktor va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so‘z bordi.

Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda bu borada o‘qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🗣Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o‘z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#ota_onalar_bogʻi

🌱MAKTABIMIZNI YASHIL MAKONGA AYLANTIRAMIZ

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida "Ota-onalar klubi" yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur klub tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab hovlisida "Ota-onalar bogʻi" yaratildi.

🌲Ota-onalar maktab hovlisiga farzandlari bilan birgalikda turli xil manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM