#qabul_2023
#ijod_maktablari
📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI
📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:
➖ O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
➖ Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
➖ Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.
➖ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.
➖ Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.
➖ Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
➖ O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.
📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:
⚪️ HAVOLA
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari
📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga apellatsiya arizalarini qabul qilish 23-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.
📊 Respublika boʻyicha jami 3 141 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.
🗣 Jumladan:
➖ Toshkent shahar – 239 ta, (26-30-avgust);
➖ Qashqadaryo viloyati – 259 ta, (26-30-avgust);
➖ Farg‘ona viloyati – 303 ta, (26-30-avgust);
➖ Surxondaryo viloyati – 209 ta, (26-29-avgust);
➖ Toshkent viloyati – 217 ta, (26-29-avgust);
➖ Navoiy viloyati – 121 ta, (26-28-avgust);
➖ Samarqand viloyati – 309 ta, (26-30-avgust);
➖ Namangan viloyati – 220 ta, (26-29-avgust);
➖ Buxoro viloyati – 139 ta, (26-28-avgust);
➖ Andijon viloyati – 394 ta, (26-30-avgust);
➖ Xorazm viloyati – 246 ta, (26-30-avgust);
➖ Sirdaryo viloyati – 101 ta, (26-27-avgust);
➖ Jizzax viloyati – 133 ta, (26-28-avgust);
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 251 ta, (26-30-avgust).
📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.
❗️ Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan oʻz hududidagi Prezident maktablarida koʻrib chiqiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga qabul qilingan talabalarning grant o‘rinlari to‘grisida dastlabki ma'lumot
📌 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi qarori bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablaridan kelib chiqib, 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirgan va 1-kursga o‘qishga tavsiya etilgan talabalarga qancha miqdorda grant ajratilganligi to‘g‘risida dastlabki ma'lumot shakllantirildi.
🫥 Quyidagi havola orqali kirib, imtihonlarda olgan balingizga ko‘ra universitet tomonida qancha miqdorda grant ajratilganligi to‘g‘risida bilib olishingiz mumkin.
⚪️ Havola: https://newuu.uz/en/exam-info