Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.6K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Olimpiada

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bora Koreys tili olimpiadasi bo'lib o'tdi.

📍Unda butun Respublikamizdan kelgan o'quvchilar o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇Robiya Oybekova - Andijon viloyati, Shahrihon tumani, 1-sonli maktab o'quvchisi - 1-o'rinni,
🥈Ahmadullo Subhanov - Buxoro viloyati, Buxoro shahri 42-sonli maktab o'quvchisi - 2-o'rinni,
🥉Kim Artur - Toshkent shahar Mirobod tumani MATES nodavlat ta’lim muassasasi o'quvchisi - 3-o'rinni egallashdi.

Shuningdek:
Muhammad No'monxo'jayev - Namangan shahar 34-maktab o'quvchisi 4-o'rinni,
Diana Razmatova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 35-sonli maktab o'quvchisi 5-o'rinni,
Iroda Rahimova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 190-sonli maktab o'quvchisi 6-o'rinni,
Lazokatxon Inagamova - Toshkent shahar, Yashnobod tumani 145-sonli maktab o'quvchisi 7-o'rinni,
Kim Kristina - Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani 54-sonli maktab o'quvchisi 8-o'rinni,
Ramzbek Boymurodov - Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 167-sonli maktab o'quvchisi 9-o'rinni,
Ruxshonaxon Marufova - Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchisi 10-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin: 4 500 000 so‘m;
🥉3-o‘rin: 3 500 000 so‘m;
❗️4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m.

⚡️Shuningdek, 1-5-o’rin sohiblari Koreyaga ta’lim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️
Bunda barcha mukofot va ta’lim sayohati xarajatlari Koreya ta’lim markazi tomonidan qoplanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#olimpiada

😄Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi

📆 Bugun Respublikamizning 14 hududida 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1480 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may  oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌O’zbekistonda 2-marta tashkil qilinishi kutilayotgan ushbu xalqaro olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.

💫 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili

KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM