Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.4K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bizning_faxrimiz

💥18-sentabr kuni Farg'onada o'tkazilgan Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO 2021) 6 nafar qatnashchisining 3 nafari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari.

1. Ahror Bahodirov- Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
2. Shahzoda Hakimova - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
3. Sohibjon Dilmurodov - Toshkent shahridagi Prezident maktabi

🔰Ushbu o'quvchilarimiz dekabr oyida Dubay shahrida o'tkaziladigan olimpiadaga (IJSO 2021) yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#bizning_faxrimiz
#Yosh_kitobxon
#Guliston_Prezident_maktabi

🔰Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi 11-"Blue" sinf o‘quvchisi Alibekova Aziza Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

🎉Alibekova Azizani maktab ma‘muriyati, barcha pedagog-ustozlar va tengdoshlari nomidan samimiy tabriklab, ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichlarida, shuningdek, o‘qishlarida ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ilm olish va izlanishdan aslo charchamang!


Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
#bizning_faxrimiz

⚡️BIR KUNDA 7 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI

🤩 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 7 nafar bitiruvchisi bir kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlarig ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

🗣Umumiy hisobda 189 ball jamg‘arib, o‘zlarining bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi orqali yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarimiz:

Azizbek Muzaffarov;
Durdona Roʻziyeva;
Javohir Komilboyev ;
Jasmina Rahmatullayeva;
Suhrob Sultonov;
Nozima Islomova;
Ozodbek Hamidov.

💫 Oʻquvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz

⚡️Muddatidan oldin 100 foizlik natija!

🤩 Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Mahmudjon Muhammadov oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha barcha sertifikatlariga ega boʻlib, muddatidan oldin oliygohga kirish imkoniyatini naqd qildi.

Hali 10-sinf boʻla turib, 189 ballni oldindan jamgʻargan oʻquvchimizning bu natijaga erishishida maktabi, ustozlari va ota-onasining katta hissasi bor.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MBZUAI_grant_sohibi
#bizning_faxrimiz

⚡️Oʻquvchimiz sunʻiy intellekt boʻyicha eng nufuzli xorijiy oliygohning toʻliq grantini yutdi!

🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidamirxon Yusupov sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli va ilgʻor oliy ta’lim muassasalaridan hisoblangan Birlashgan Arab Amirliklaridagi Mohamed Bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) oliygohiga100 foizlik grant asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritdi.

Saidamirxon xalqaro va mamlakatimiz miqyosidagi matematika olimpiadalari, texnologik innovatsiya tanlovlari va ijtimoiy loyihalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z bilimi va salohiyatini amalda isbotlab kelmoqda.

Ilm-fan va texnologiyalar sohasi bo‘yicha global miqyosda raqobatlasha olishga bel bogʻlagan mana shunday yoshlarimiz safi kundan kunga koʻpayotgani juda quvonarlidir.

💫Saidamirxonga bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar va barkamollik yor boʻlishini tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz

⚡️10-sinf oʻquvchisidan 100 foizlik natija!

🤩 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Gavhar Sindorova oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻldi.

Oʻquvchimiz maktabni bitirishiga hali bir yil bor. Shunday boʻlsa-da muddatidan oldin maksimal 189 ballni naqd qilgan Gavhar bu natija bilan toʻxtab qolmoqchi emas. Xalqaro sertifikatlarni ham eng yuqori ballar bilan qoʻlga kiritib, nufuzli xorijiy oliygohlarga toʻliq grant asosida oʻqishga kirishni maqsad qilgan.


💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#Bizning_faxrimiz
#Prezident_maktabi

🇺🇿 O‘ZBEKISTONLIK IQLIM YETAKCHISI — JAHON E’TIBORIDA!

📍Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Salohiddin Abdufattohov We Are Family Foundation tomonidan tashkil etilgan 2025-yilgi Global Teen Leaders (GTL) dasturiga O‘zbekistonning yosh eko-faoli va iqlim yetakchisi sifatida tanlandi!

🇸🇪 Shu munosabat bilan o'quvchimiz joriy yilning 14–21-iyun kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Three Dot Dash Just Peace Summit” xalqaro sammitida ishtirok etmoqda.

🌱 Mazkur sammit iqlim o‘zgarishi, ekologik adolat va barqarorlik kabi dolzarb yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan eng istiqbolli yosh yetakchilarni birlashtiradi.

Salohiddin boshqa GTL vakillari bilan birga:
iqlim inqiroziga qarshi kurashda tajriba almashadi;
xalqaro mutaxassislar bilan ishlaydi;
global yechimlar ishlab chiqishda ishtirok etadi.

🕊 “Three Dot Dash” dasturi 2008-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab yosh o‘zgarish qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlab, adolatli va barqaror kelajak sari yo‘l ochmoqda.

⚡️Oʻquvchi yoshlarimiz global miqyosda o‘z ovoziga ega bo‘layotgani juda quvonarli!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#IELTS_result

⚡️IELTSDAN SUPER NATIJA

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf oʻquvchisi Rayhona Muhammadova xalqaro IELTS imtihonidan 8.5 ballni qoʻlga kiritdi.

IELTSda 8.5 ball – bu ingliz tilini deyarli ona tilidek mukammal bilish darajasidir. Ko‘plab insonlarga bu marraga yetish uchun bir necha yillar kerak boʻladi, biroq Rayhona bunga 16 yoshida erishdi.

Bu natija Rayhona nafaqat tilni mukammal o‘zlashtirgani, balki dunyo miqyosida raqobatbardosh bilim egasi ekanini ko‘rsatadi. TOP universitetlar, xalqaro loyihalar va stipendiyalar eshigi bunday yoshlar uchun ochiq bo‘ladi.

🗣 Oʻquvchimiz oʻz yutugʻi haqida shunday deydi:
“Maktabimizda xorijiy tillar chuqur oʻrgatiladi. Ustozlarim yordamida har kuni o‘z ustimda ishladim, ingliz tilida kitob o‘qidim, tingladim, yozdim, suhbatlashdim. Til o‘rganish nafaqat mashg‘ulot, balki hayotimning bir qismiga aylandi.”


💫 Rayhona, Siz bilan faxrlanamiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Bobur Hamzayev Saudiya Arabistonidagi nufuzli King Fahd University of Petroleum and Minerals universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

⚡️Bitiruvchilarimizdan xushxabarlar kelishi davom etmoqda

🤩 Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Talantbek Mixliyev 100 foizlik grant bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasiga aylandi.

Bunday yutuqlar nafaqat bitiruvchilarimizning bilimga chanqoqligi natijasi, shuningdek maktablarimizdagi zamonaviy taʼlim sharoitlari, malakali pedagoglarimizning mehnati va fidoiyligi samarasidir.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Javohir Yusupov Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan hisoblangan "Yonsei Univerisity"ga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

Ushbu grant bitiruvchimizga taʼlim, yashash xarajatlari va boshqa zaruriy ehtiyojlarni qamrab oluvchi toʻliq moliyaviy qoʻllab-quvvatlovni taqdim etadi.

"Yonsei Univerisity" – Koreya Respublikasidagi eng mashhur universitetlardan. Oliygoh nafaqat Koreyada, balki Osiyo va butun dunyo miqyosida yuqori reytinglarga ega. 2025-yilgi QS World University Rankings reytingiga ko‘ra, mazkur universitet jahonning eng yaxshi oliygohlari orasida 56-o‘rinni egallagan.

Bitiruvchimizga ushbu universitetda ta’lim olish nafaqat akademik bilim, balki global miqyosda tan olinadigan imkoniyatlar eshigini ham ochishi shubhasiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aynaxan Xojamuratova Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Yonsei University Underwood International College (UIC)ga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi!

📝Ma’lumot uchun, oʻquvchimiz:
SAT dan 1540 ball;
IELTS dan 8.5 ballni qoʻlga kiritgan;
AQShdagi "TechGirls" oromgohi ishtirokchisi.

💫 Aynaxan, Siz bilan faxrlanamiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM