#Ijod_maktablari
VAZIR IJOD MAKTABINING YANGI BINOSI BILAN TANISHDI
✅ Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi.
Tashrif davomida:
🔹 Maktab bitiruvchilarining xorijiy tillarni o'rganganlik darajasi,
🔹 ijod maktabining viloyat fan olimpiadasidagi ishtiroki,
🔹 kasbga yo'naltirilgan to'garaklar faoliyati,
🔹 3 nafar ijodkor o'quvchining ilk she'riy kitoblari taqdimotlari bilan tanishdi.
Shundan so'ng vazir maktabning ta'mirlangan binosi bilan yaqindan tanishib, o'z taklif va tavsiyalarini bildirib o'tdi.
❗️Ma'lumot o'rnida, VM-418-son qarori bilan tashkil qilingan mazkur maktabda 186 o'ringa ega yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali - markazlashgan yangi o'quv binosi foydalanishga topshirilgan.
✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ijod_maktablari
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida.
❗️Unda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, iqtidorli o'quvchilar va ularning kelajak rejalari haqida so'z boradi.

Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.
Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?
✅Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
✅Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
✅Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.
“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.
Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.
Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.
Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!

Forwarded from Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
📺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi
📖"Yaxshilig'"
✍️Zahiriddin Muhammad Bobur
🎥Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

14-fevral shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
__________
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

#Bobur_tavalludining_540_yilligi
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.
▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.
▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.
▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.
▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.