Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.7K subscribers
18.5K photos
2.38K videos
70 files
6.83K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli davom etadi!

Endilikda texnikum, litsey va maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari hoziroq universitetga o'qishga hujjat topshirib, muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniga egadirlar.

☑️ 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektronika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

🔗 Mazkur havola orqali o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

📮 Savol va murojaatlar uchun:
Tel:
+998712024111
Telegram-Bot

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰 Bugun, 23-yanvar kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Ochilish tadbirida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, mehnat faxriylari Kenjaboy Ortiqov, Sotimboy Rahimov, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar.

⚜️Tadbir davomida mehmonlar maktabning sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Muassasada qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borgan "Xorazm invest xolding" MCHJ xodimlariga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✔️Ma'lumot o'rnida, PF–106-son Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, muassasada ta'lim olayotgan o‘quvchilar soni 603 nafarni tashkil qiladi, shulardan 402 nafari ixtisoslashtirilgan sinflarda, 201 nafari umumta'lim sinflarda tahsil olmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Халқаро_таълим_куни

24-YANVAR - XALQARO TA'LIM KUNI!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko'ra, 24-yanvar “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilingan.

❗️Bu yilgi Xalqaro ta'lim kuni "Inson uchun eng yaxshi sarmoya - ta'limga kiritilgan sarmoyadir" ("To Invest in People, Prioritize Education") shiori ostida nishonlanmoqda.

Ta'lim sohasini rivojlantirmasdan mamlakatni taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Zero, sifatli va uzluksiz ta'limni rivojlantirish O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

⚡️Xususan, ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident, 9 ta ijod, 171 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyat olib bormoqda.

Ularning barchasida yoshlarimizga jahon standartlari asosida ta'lim berib kelinmoqda.

#Таълим_тараққиёт_асоси #24_январь

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Дунёнинг топ университетлари грантларини қўлга киритаётган ўқувчи қиз
#23jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Zakovat
#Guliston_Prezident_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agetligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

❗️Unda Prezident maktabi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

❗️Turnir natijalariga ko'ra:

🥇
Guliston Prezident maktabi jamoasi 1-o‘rinni,

🥈Vatanparvar” tashkiloti
2-o‘rinni,

🥉Milliy Gvardiya va 532-batalyon jamoalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

⚡️XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Agentlik Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Qo'shko'pir tumani prokurori, adliya maslahatchisi Boburbek Matrasulov, mehnat faxriysi Bakturdi Sobirov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.
_______
📌PF–106-son Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 326 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube