Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ota_onalar_bilan_uchrashuv
#Prezident_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

❗️Uchrashuv davomida ota-onalar maktabning hozirgi vaqtda an'anaviy ta'lim jarayoniga qanchalik tayyor ekanligi, yotoqxona, oshxona hamda dars xonalari bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilarning birinchi va ikkinchi chorak davomida qayd etgan natijalari ota-onalar bilan birgalikda muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHILARI SHVEYSARIYA UNIVERSITETI GRANTI SOHIBI BO'LISHDI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda.

❗️Jumladan:

▶️ Sarvinoz Nazirboyeva - Shveytsariyaning Franklin universitetidan 96 000 AQSH dollari,

▶️ Himoyiddin Abdumalikov - Shveytsariyaning Franklin universitetidan 96 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
⚡️ Iqtisodiyot va ma'lumotlar tahlili yo‘nalishi bilan tanishing!

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

💰 Moliyaviy tahlilchi - bu asosiy vazifasi xorijiy yoki mahalliy mijozlar uchun moliyaviy tahlilni o‘tkazish bo’lgan mutaxassis.

📊 Statistik - bu nazariy yoki amaliy statistika bilan ishlaydigan mutaxassis. Statistik ham xususiy, ham davlat sektorida ishlashi mumkin.

📐 Aktuariy - bu xavf va tavakkalchilikni o‘lchaydigan va boshqaradigan biznes mutaxassisi.

👨‍💼Ma’lumotlar bo‘yicha ilmiy izlanuvchi - Ma’lumotlar bo’yicha ilmiy izlanuvchi ma’lumotlar to‘plamini jamlash yoki baholashning eng samarali usullarini aniqlaydi.

❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #iqtisodiyot_va_maʻlumotlat_tahlili

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jahon_kimyo_olimpiadasi

⚡️SHVEYSARIYA. JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BOSHLAB YUBORILDI

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev va Prezident maktablari bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'raboy Shermatov Jahon kimyo olimpiadasi (IChO) tashkiliy qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etishmoqda.

❗️Yig'ilish Syurix shahrida joylashgan Syurix Federal texnologiya institutida (ETH Zürich) bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv davomida 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon kimyo olimpiadasi jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📆 Uchrashuvlar 21-yanvarga qadar davom etadi.
_______
✔️Ma'lumot o'rnida, Jahon kimyo olimpiadasi har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadasining biri hisoblanadi. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo mintaqasida ILK BORA bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat ovoz bergan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uch_avlod_uchrashuvi

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda Matematika institutining direktori, O‘zbekiston Resublikasi Qahramoni, Senator Shavkat Ayyubov, akademik A’zamov Abdulla va professor Nosir G‘anixo‘jayevlar qatnashishdi.

❗️Uchrashuv doirasida tadbir ishtirokchilari maktabning matematika fani o'qituvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzahmedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirildi.

✔️Tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari va kuy-qo'shiqlarga boy holda o'tdi.
______
⚡️Ma'lumot o'rnida, Mirfozil Mirzaahmedov 58 yildan buyon ta'lim sohasida faoliyat olib bormoqda.

U “Xalqaro tadqiqotlar topshiriqlari to’plami”, "Yozilgan darsliklarga mos o’qituvchi kitobi-metodik qo’llanma”, “Matematikadan 5-11-sinflar uchun darslik”, “4-11-sinflar uchun masalalar to’plami”, "O’quvchilarni matematik olimpiadaga tayyorlash o’quv qo’llanmasi” kabi darslik va qo'llanmalarning muallifi hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.

#Mirziyoyev #yigilish #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter