Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
MUROJAATNOMA MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IBOT QILINMOQDA.

“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”.

Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan yanada kengroq yetkazishga doir targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Termiz shahridagi 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida Angor, Jarqo‘rg‘on, Termiz 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati pedagog-xodimlariga Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ta'lim sohasida ilgari surilgan tashabbuslar haqida hududiy bo‘lim boshlig‘i tomonidan ma'lumot berildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Ўқитувчилар_олимпиадаси

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar o’zaro kuch sinashishdi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova ham ishtirok etdi.

Tadbirdan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Muloqotda, jumladan:

✔️sinflar kesimida fanlarning murakkabligiga ko’ra dars soatlarini belgilash,
✔️fizika fanidan dars soatlarini ko’paytirish hamda
✔️bu kabi olimpiadalarni muntazam o’tkazib borish kabi takliflar berildi.

❗️Tadbir so’ngida Xilola Umarova har bir viloyat kesimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislari bilan seminar-treninglar tashkil etish haqida topshiriq berdi.

Ushbu treninglar o’quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashga qaratiladi.

Pedagoglar jamoasi tomonidan mazkur tashabbus qizg’in qarshi olindi.

📍Ma’lumot o’rnida, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi 118-sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.
#Seminar_trening

🔴Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha seminar-treningga start berildi.

❗️Mazkur o'quv seminari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o'tkazilmoqda.

Seminar xalqaro olimpiadalarda o‘rin olgan shuningdek, bugungi kunda murabbiy sifatida bir qancha o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga olib chiqib, yuqori natijalarga erishgan Agentlik tizimidagi tajribali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, treninglar ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan va 2 kun davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA...

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Samarqand viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, fizika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening bo'lib o'tdi.

❗️Treninglar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi trener-o‘qituvchilari tomonidan chorak yakunlari bo‘yicha summativ baholash (CHSB) sinovlari natijalaridan kelib chiqib tashkil etildi.

📍Seminar-trening Samarqand shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati da bo'lib o'tdi.
______
🔴Ayni damda mazkur treninglar Jizzax viloyatida bo'lib o'tmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor

⚡️ 3-bor o'tkazilgan Xalqaro Eron Kombinatorika Olimpiadasida Eron, Hindiston, Italiya, Vetnam singari 20 dan ortiq davlatdan 140 dan ortiq jamoalar qatnashdi.

🏆 Bu olimpiadada Jizzax shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Jizzax PM" jamoasi qatnashdi va BRONZA medallarini qo'lga kiritishdi.

"Jizzax PM" jamoasi a'zolari:

1. Javohir Uralov
2. Umida Ergasheva
3. Zohidjon Nasimov

O'quvchilarimizning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilari ham xorijiy tilni bilish sertifikatlarini qo'lga kiritishda davom etishmoqda.

▶️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari:

✔️Amirullo Ismoilov
✔️Nilufar Hakimova
✔️Muhlisa Haydarova
✔️Saida Muhiddinova
✔️Nuriddin Rahmonaliyev
✔️Ozodbek Zamzamov,
✔️Gulzoda Turdaliyeva,

▶️Qo'qon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari:

✔️Bekzodjon No'monov,
✔️Azizbek Miryoqubov CEFR imtihonidan B2 darajani qo'lga kiritishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Xalqaro_olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar yakuniga yetdi.

❗️Mazkur seminar-treningda Agentlik tizimidagi maktablarning 2 500 nafardan ortiq matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida:

✔️ maktablar o‘qituvchilariga trener o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarni xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlash mexanizmi,
✔️foydalaniladigan adabiyotlar,
✔️ internet tarmog‘idagi foydali kontent hamda veb-saytlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

📍Seminar so‘ngida trener o'qituvchilar fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda tizimli ravishda hamkorlikda faoliyat olib borishni kelishib olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Trening
#Prezident_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabida hududdagi 15 ta Ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun trening tashkil etildi.

📍Treninglar doirasida:

✔️ ta’lim muassasalarida jamoa va o'quvchilar o'rtasida sog‘lom muhit yaratish,
✔️Samarqand shahridagi Prezident maktabida va Ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlardan yetakchi (Lead teacher) o‘qituvchilarni tayinlash va ularning hamkorlikda ishlash tizimini yo'lga qo'yish;
✔️ta'lim jarayonida masofaviy (online) ishlash tizimini samarali tashkil etish haqida so'z yuritildi.

❗️Shuningdek, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Treninglardan ko'zlangan maqsad pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish va o'quvchilarni loyihalar ustida ishlashlarini qo'llab-quvvatlash hamda to'g'ri yo'naltirishdan iborat.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM