Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Turkiyada bo'lib o'tgan 14-Xalqaro fanlar olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz O'zbekistonga yetib kelishdi

G'oliblarimiz Turkiyaning Antaliya shahridan 22:10 dagi reys bilan uchib kelishdi. Ularni Agentlik vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olishdi.

❗️G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilaymiz.
_______________
📌
Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada joriy yilning 30-oktabridan 6-noyabriga qadar Turkiya davlatida bo‘lib o‘tdi. Unda 3 nafar o‘quvchimiz 4 ta medal sohibi bo‘lishgan edi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Билимимизни_бўлишамиз
#Prezident_maktabi

⚡️Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi yo’lga qo’yildi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va mantiqiy fikrlashdan darslar e’lon qilib borilmoqda:

🔹Mantiqiy fikrlash 1-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 2-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 3-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 4-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 5-dars

🔸Matematika 1-dars
🔸Matematika 2-dars
🔸Matematika 3-dars
🔸Matematika 4-dars
🔸Matematika 5-dars

👉Onlayn darslar bilan shuningdek rasmiy saytimiz orqali ham tanishib borishingiz mumkin: https://piima.uz/page/onlayn-dars

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Uchinchi Renessans - ma'rifatli jamiyat sari" uslubiy seminar-treningidan video-lavha.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Turkiyaning Antaliya shahrida bo’lib o’tgan 14-Xalqaro fanlar olimpiadasida g’olib bo’lgan o’quvchilarimizni kutib olish jarayonidan video-lavha.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Darsliklar_muhokamasi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan fizika va biologiya fanlaridan “Сambridge University Press” nashriyotining o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish bo'yicha ijodiy jamoa o‘z faoliyatini boshladi

Ijodiy jamoa tomonidan mahalliylashtirish jarayoniga qo‘yilgan talablar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar muhokama etildi.

❗️Ma’lumot uchun, Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan kelishuvga binoan mazkur darsliklarni mahalliylashtirish jarayonida Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturiga mos ravishda 30 foizgacha qo'shimcha va o‘zgartirish kiritish mumkin.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
#Madaniy_hordiq

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan maktabning o'quvchi va ustozlari uchun Abdulla Qodiriy hayotiga bag'ishlangan "Jinlar bazmi" spektakli namoyish etildi.

O'quvchilarimiz madaniy hordiq olish bilan bir qatorda spektakldan so'ng jadidlar hayoti, ular yaratgan asarlar haqida suhbatlashishdi.

❗️Bu kabi madaniy tadbirlar o'quvchilarning adabiyot hamda san'at haqidagi amaliy bilimlarining oshirishda alohida ahamiyatga ega.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan 10-sinf o‘quvchilari “Farg‘onaazot” Aksiyadorlik jamiyatida bo'lishdi.

Uchrashuv doirasida o'quvchilar tashkilot faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📌Mazkur uchrashuv Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Farg‘onaazot” AJ bilan hamkorlik tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida tuzilgan Memorandumga muvofiq tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube