Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Мен_ўзбекман
#Tanlov

“MEN O‘ZBEKMAN” MAVZUSIDAGI IJTIMOIY ROLIKLAR TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

📣Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida "Men O‘zbekman” mavzusida ijtimoiy roliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov 3 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi va quyidagi ishtirokchilar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi:

“Eng yaxshi informatsion rolik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva Ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Otabek Burxonovning Sirdaryo viloyatidagi qadimiy obidalar haqida maʼlumot beruvchi videoroligi;

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Namangan shahridagi Prezident maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nodirabegim Qosimovaning yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida kuylagan qo‘shig‘i klipi;

“Muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lgan rolik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Halima Hudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi o‘quvchisi Durdona Madaminovaning “Yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz” nomli sheʼri

👉G‘oliblarning ijodiy ishlari bilan tanishing.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Спорт_ва_таълим
#OAV_biz_haqimizda

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi va “Sport” telekanali bilan hamkorlikda "Sport va taʼlim" turkum ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda.

📺Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Бизнинг_шундай_ўқитувчиларимиз_бор

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xatirchi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi Ilhom Baxromov xalqaro GMAT (Graduate Management Admission Test) imtihonidan muvaffaqiyatli o'tib, maksimal 51 balldan 50 ballni qo'lga kiritdi.

❗️Ma'lumot uchun, GMAT (Graduate Management Admission Test) - biznes maktablarida muvaffaqiyatli o'qish qobiliyatini aniqlash uchun standartlashtirilgan testdir.

GMAT butun dunyodagi eng obro'li biznes maktablari tomonidan tanlov mezonlaridan biri sifatida, ko'pincha MBA dasturiga kirish uchun qo'llaniladi.

🔹Ustozimizga kelgusidagi kasbiy faoliyati davomida ham omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🌱"Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabida 4 noyabrdan 9 noyabrgacha gibrid tarzda Eko-IT oromgohi o‘tikazilmoqda. Oromgoh ishida butun O‘zbekistondan 22 ta maktab o‘quvchilari va pedagoglari ishtirok etadi.

🍃Eko-IT oromgohining dasturi xilma-xil: xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, insonning tabiatga ta’siri to‘g‘risidagi amaliy seminarlar, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish, maishiy va issiqxona sharoitlarida "aqlli sug‘orish" orqali suvni tejash bo‘yicha smart-yechimlarni ishlab chiqish, qog‘oz va plastikni qayta ishlash bo‘yicha mahorat saboqlari, suv tozalash ob’ekti, havoni monitoring qilish stansiyasi, chiqindi poligoniga ekskursiyalar va ko‘plab boshqa tadbirlar.

🌍Maktab o‘quvchilarini havo va tuproq ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston suv resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, chiqindi poligonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi haddan ortiq iste’mol qilish muammosi, ko‘kalamzorlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.
♻️Eko-IT oromgohi doirasida ekofaollar ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan amallarni bajaradilar.

🙌Eko-IT oromgohining hamkorlari: Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi, FAO.

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😉 Hammaga salom!

Nihoyat, yuzma-yuz ko‘rishib, bir ekojamoaga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldik!

🙌 Oldimizda - yangi tanishuvlar va qiziqarli uchrashuvlar.

Bugun yonimizda bo‘lmaganlar esa hoziroq onlayn ravishda qo‘shilishlari mumkin.

Dunyoda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan suhbatda ishtirok etamiz va juda muhim qisqartma - "BRM" so‘zi haqida bilib olamiz.

Qani, boshladik!

#Eco_Schools_Uzbekistan
#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Toshkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
#Hashar

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi pedagog-xodimlari va ishchi xizmatchilari hasharda ishtirok etishdi

🌳Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, o‘quvchi-yoshlar tomonidan atrof-muhit muhofazasini yana-da samarali tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida hashar bo‘lib o‘tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋Xayrli kun!

Bir-birimiz bilan tanishuvni timbildingdan boshlab, do‘stligimizni boshlash uchun eng qisqa yo‘lni topdik.

♻️Keyin Suv, Havo, Yer, Eko-tahlilchilar, Tabiiy resurslar va Ishlab chiquvchilar jamoalariga bo‘lindik. Ayni paytda bir butun #Eco_Schools_Uzbekistan oilasining ajralmas qismi bo‘lib qoldik.

#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Toshkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram